Ðåçóëüòàòîâ: 101

Surxondaryoda yengilroq jazo tayinlatish uchun $53 ming olgan sudya katta yordamchisi ushlandi

Surxondaryo viloyati sudining sudya katta yordamchisi jinoyat ishi bo‘yicha sudlanuvchilarga yengilroq jazo tayinlatish, 6,3 mlrd so‘mlik zarar miqdorini kamaytirish va qamoq ehtiyot chorasini bekor qildirishni va’da qilib, 53 ming dollar olgan vaqtida ushlandi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda. gazeta.uz »

2026-5-12 12:39

BAA kompaniyasi Surxondaryoda qimmatbaho metall rudalarini qayta ishlashda ishtirok etadi

Surxondaryo viloyatida BAAning Katawazai Group of Companies kompaniyasi bilan qimmatbaho metall rudalarini qayta ishlash bo‘yicha investitsion loyiha amalga oshiriladi. Tomonlar TIAni ishlab chiqish, loyihani bosqichma-bosqich joriy etish va tashkiliy-huquqiy masalalar bo‘yicha amaliy ishlarini boshlashga kelishib oldi. gazeta.uz »

2026-1-15 15:45

Surxondaryoda 38,5 mlrd so‘mlik davlat xaridida qonun buzilishi aniqlandi, xarid bekor qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi SurxondaryoQurilishInvest buyurtmasi asosida o‘tkazilgan 38,5 mlrd so‘mlik tender jarayonida qonun buzilishi holatini aniqlab, xaridni bekor qildi. Aytilishicha, tender ishtirokchilaridan birining soliq hisobvarag‘iga soliqdan qarzdorlik haqida soxta ma’lumot kiritilgan. gazeta.uz »

2025-11-16 17:34

Toshkent va Surxondaryoda ayblanuvchilarning jazosini o‘zgartirib berish uchun pul olgan advokatlar ushlandi

Toshkent shahrida va Surxondaryo viloyatida jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchilarga jazoni o‘zgartirib berish evaziga ulardan pul talab qilgan advokatlar qo‘lga olindi. Toshkentda advokat fuqarodan 3700 dollar, surxondaryolik advokat esa 60 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. gazeta.uz »

2025-10-9 08:02

Surxondaryoda taqiqlangan materialga 6 yil avval “layk” bosgan fuqaro 3 yilga qamaldi

Surxondaryo viloyatida fuqaro 6 yil avval taqiqlangan materialga “layk” bosgani uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U 2019-yilda “Odnoklassniki.ru” saytida Abdug‘ani Umarov (Abdulloh domla)ning aqidaparastlik g‘oyalari bor deb topilgan ma’ruzasiga “klass” bosish orqali virtual do‘stlariga tarqatgan. gazeta.uz »

2025-9-24 09:15

Surxondaryoda hokim yordamchisi, “O‘zdaverloyiha” muhandisi va qishloq xo‘jaligi mas’uli pora olishda gumonlanib ushlandi

Surxondaryoning Sariosiyo tumanida ijaraga yer olib berish uchun pul talab qilgan hokim yordamchisi, “O‘zdaverloyiha” instituti muhandisi va tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi mas’uli ushlandi. Ular 2,5 gektar sug‘oriladigan yerni 30 yilga ijaraga olib berish evaziga fuqarodan 29 mln so‘m talab qilgani aytilmoqda. gazeta.uz »

2025-9-23 15:35

Surxondaryoda M39 yo‘lining ayrim qismlarida harakat tezligi cheklovi 130 km/soatgacha oshirilishi mumkin

Surxondaryo viloyatida xalqaro toifadagi M39 yo‘lining ayrim qismlarida harakat tezligi cheklovi 90, 100 va 130 km/soatgacha oshirilishi rejalashtirilmoqda. Shu masala bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh yo‘lning tegishli qismlarida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng tezlik chegarasini oshirishni ma’qulladi. gazeta.uz »

2025-8-7 09:39

O‘zbekiston Fransiya bilan Surxondaryoda suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha shartnoma imzoladi

“O‘zsuvta’minot” va Fransiyaning Suez kompaniyasi o‘rtasida Surxondaryo viloyatida suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha shartnoma imzolandi. 8,3 mln dollarlik loyiha ichimlik suvini ishlab chiqarish va taqsimlashni boshqarish bo‘yicha raqamli yechimlarni joriy qilishni o‘z ichiga oladi. gazeta.uz »

2025-3-13 14:02