Surxondaryoda 217 tup daraxt kesilib, tabiatga 2 mlrd so‘m zarar yetkazilishi ortidan sud hukmi o‘qildi
Termiz shahrida yuridik texnikum hududidagi 217 tup daraxt noqonuniy kesib tashlangani ortidan tabiatga 2 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani aniqlandi. Sud sobiq shahar qurilish bo‘limi boshlig‘ini aybdor deb topib, unga 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosini tayinladi. gazeta.uz »

