Ðåçóëüòàòîâ: 32

Samarqandda 150 tup daraxt kesilishi bo‘yicha chora ko‘rmaslik evaziga 11 mln so‘mlik kompyuter olgan ekologiya bo‘limi boshlig‘i ushlandi

Samarqand viloyati Jomboy tumani ekologiya bo‘limi boshlig‘i 150 tup terak kesilishi bo‘yicha chora ko‘rmaslik, tabiatga yetkazilgan zararni kamaytirish va avtomobilni jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga 11 mln so‘mlik kompyuter olgan vaqtida ushlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »

2026-7-9 15:52

Buxoroda qamishzorga o‘t qo‘yilishi oqibatida 50 tup daraxt yonib, tabiatga 202,7 mln so‘mlik zarar yetkazildi

Buxoro viloyatining Jondor tumanida qamishzorga o‘t qo‘yilishi oqibatida 50 tup daraxt zarar ko‘rdi, shundan 38 tupi to‘liq nobud bo‘ldi. Ekologik zarar 202,7 mln so‘mga baholandi. Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. gazeta.uz »

2026-7-2 08:27

“Suv yo‘q joylarga daraxt ekilgani uchun minglab tup daraxt ko‘karmagan”. Shavkat Mirziyoyev — “Yashil makon” loyihasi haqida

O‘zbekistonda yashillik darajasi 12 foizga yetdi. 2024-yil bahor mavsumida 138 mln dona ko‘chat ekildi. Prezident unda 28 ta tuman daraxt ekishda rejani bajarmaganini tanqid qildi. “Suv yo‘q joylarga daraxt ekilgani uchun minglab daraxt ko‘karmagan”, dedi u. Bosh prokuraturaga nazoratni kuchaytirish topshirildi. gazeta.uz »

2024-10-21 16:39