Bo‘stonliqda 27 tup daraxt noqonuniy kesilib, tabiatga 2 mlrd so‘m zarar yetkazildi
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida qurilish uchun ajratilgan hududda 27 tup daraxt noqonuniy yo‘q qilingani aniqlandi. Ekologiya boshqarmasi hisob-kitobiga ko‘ra, o‘simlik dunyosiga 2 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan. Hujjatlar huquqiy baho berish uchun prokuraturaga yuborildi. gazeta.uz »







