Ðåçóëüòàòîâ: 47

DXX raisi prezidentga mintaqaviy xavfsizlik, narkotrafik va korrupsiya masalalari yuzasidan axborot berdi

DXX raisi Bahodir Qurbonov mamlakatdagi xavfsizlik holati bo‘yicha prezidentga hisobot berdi. Unda korrupsiya sabab mingdan ortiq davlat xodimi ishdan haydalgani, yoshlar orasida sintetik narkotiklar tarqalishi 2 karra oshgani va 2026-yil korrupsiyaga qarshi “favqulodda holat” yili bo‘lishi ma’lum qilindi. gazeta.uz »

2026-1-15 16:06

DXX Namanganda attestatsiya imtihonlarida o‘qituvchilarga masofaviy yordam beruvchi “bunker”ni fosh qildi

DXX Namanganda attestatsiya imtihonlari paytida o‘qituvchilarga pul evaziga masofadan yordam berib kelgan “bunker”ni aniqladi. Tezkor tadbirda 12 nafar o‘qituvchi, jumladan, maktab direktori o‘rinbosari va universitet bo‘limi boshlig‘i ushlandi. Ular ikki oyda $25 ming ishlagan. gazeta.uz »

2025-11-21 21:35

DXX 4 ta viloyatda ijaraga berilgan yer maydonlarini noqonuniy sotganlarni qo‘lga oldi

DXX Toshkent, Andijon, Surxondaryo va Xorazm viloyatida noqonuniy yer sotish holatlarini aniqladi. Andijondagi holatda korxona rahbari va tadbirkor kelishib, issiqxonaga ajratilgan yerni kottej qurishga moslab berish evaziga xaridordan $230 ming so‘ragani ma’lum bo‘ldi. Ular oldindan $30 ming olganida ushlandi. gazeta.uz »

2024-11-8 09:59

DXX to‘g‘risidagi qonunga uning faoliyatida qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish masalalari bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritilmoqda

Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatini tashkil etishning usullari, shakllari va maxsus vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar uning faoliyatida qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi prokuratura nazorati predmetidan chiqarib tashlanishi rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2024-6-29 07:25