Ðåçóëüòàòîâ: 23

O‘zbekistonda narkotiklar va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasi uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Senatorlar narkotik, psixotrop moddalar, ularning analoglari va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar noqonuniy muomalasi uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi qonunni ma’qulladi. Narkolaboratoriyalar, ta’lim tashkilotlari yaqinidagi savdo va jamoat joylarida narkotiklar iste’moli uchun alohida jazolar joriy etiladi. gazeta.uz »

2026-5-19 14:01

O‘zbekistonda marketpleyslar orqali tovarlarni realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslar ham QQS to‘lashi belgilanmoqda

Soliq kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartirishga ko‘ra, elektron savdo platformalari orqali O‘zbekistonga tovarlarni realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslarini QQS to‘lovchisi sifatida e’tirof etish belgilanmoqda. Senatda tegishli qonun ma’qullandi. gazeta.uz »

2026-5-18 13:23

Nazorat qiluvchi xodimlarga avtobuslarda yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarni jarimaga tortish huquqi berildi

Transport vazirligi monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi xodimlariga yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga nisbatan jarima bayonnomalarini rasmiylashtirish huquqi berilganini ma’lum qildi. Toshkent shahrida 11 oy davomida 19,5 mingdan ortiq yo‘lovchi yo‘l haqini to‘lamagani aniqlandi. gazeta.uz »

2025-12-3 09:22

Namangandagi Arashan ko‘li atrofida yiliga 1 mln sayyohni qabul qiluvchi kompleks quriladi

Namanganning Pop tumanidagi Arashan ko‘li atrofida yiliga 1 mln sayyohni qabul qila oladigan yirik turizm kompleksi quriladi. Shuningdek, “Furqat” bog‘i rekonstruksiya qilinadi, “Chortoq” suv ombori atrofida turizm kompleksi, mehmonxona, restoran, dam olish va ko‘ngilochar maskanlar tashkil qilinadi. gazeta.uz »

2025-9-17 13:57

Mo‘g‘ulistondan qo‘y va echkilar import qiluvchi tadbirkorlarga imtiyozlar beriladi

Mo‘g‘ulistondan O‘zbekistonga mayda shoxli mollarni import qiluvchi tadbirkorlarga havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinadi. Shuningdek, qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatini foizlar hisoblanmagan holda to‘lov ta’minotisiz kechiktirib to‘lash imkoniyati beriladi. gazeta.uz »

2025-7-18 12:57