Ðåçóëüòàòîâ: 17

SSV huzurida Xaridlar markazi tashkil etilib, dorilar 15 oylik talab asosida xarid qilinadi

SSV huzurida dorilarini ishlab chiqaruvchilardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish hamda ularni hududlarga yetkazib berish imkoniyatini beruvchi Xaridlar markazi tashkil etilmoqda. Shifoxonalar uchun dorilar 15 oylik talabdan kelib chiqib sotib olinadi, yaroqlilik muddati yaqin qolgan dorilarni xarid qilish taqiqlanadi. gazeta.uz »

2024-11-15 10:31

Retseptsiz beriladigan dorilar va tibbiy texnika narxiga nisbatan cheklovlar olib tashlanadi

2017-yilda joriy etilgan tibbiy texnika va retseptsiz beriladigan dorilarga nisbatan narx cheklovi bekor qilinadi. Hozir cheklangan ustama distribyutorlarga 15%, dorixonalarga 20% ni tashkil etadi, u faqat retsept bo‘yicha beriladigan dorilar uchun qoladi. Shuningdek, farmkorxonalar QQS to‘lovchiga aylanadi. gazeta.uz »

2024-7-4 14:34

Farmatsevtika sohasini raqamlashtirish orqali dorilar narxini 20 foizga arzonlashtirish rejalashtirilmoqda

Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan farmatsevtika tarmog‘iga oid rejalardan eksportni oshirish, shu bilan birga, ichki bozorning mahalliy mahsulotlarga talabini qondirish o‘rin olgan. Sohani raqamlashtirish orqali narxlarni 20 foizga arzonlashtirish, ishlab chiqarishni xalqaro standartlarga o‘tkazish ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2024-5-23 19:05