O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi huzurida Blogerlar kengashi tashkil etildi
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi huzurida Blogerlar ijodiy kengashi tashkil etildi. Unga jurnalist va bloger Eldor Asanov rahbar bo‘ldi. Kengash vazifalari sifatida blogerlarni birlashtirish, manfaatlarini himoya qilish, huquqiy yordam ko‘rsatish va treninglar o‘tkazish belgilandi. gazeta.uz »






