Ðåçóëüòàòîâ: 89

“Uch oyda xodimlar tomonidan 36 ta jinoyat sodir etildi” — Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari

2026-yilning yanvar-mart oylarida ichki ishlar xodimlari tomonidan 36 ta jinoyat sodir etildi, xizmat intizomini qo‘pol ravishda buzgan 32 nafar xodim tizimdan bo‘shatildi. IIV rahbari o‘rinbosariga ko‘ra, o‘tgan uch oyda 10 nafar xodim xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etdi, 39 nafari esa jarohatlandi. gazeta.uz »

2026-4-12 10:33

Prezidentga 37 ta respublika tibbiyot markazini o‘rganish natijalari taqdim etildi

O‘zbekistondagi 37 ta ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazi va klinikalarida boshqaruv hamda tashkiliy muammolar aniqlandi. Audit natijalari asosida 27 yo‘nalishdan iborat harakatlar rejasi, shuningdek, onkologiya markazini yanada modernizatsiya qilish, xorijiy mutaxassislarni jalb qilish rejalari ishlab chiqildi. gazeta.uz »

2026-1-21 10:18

O‘zbekistonning 2026-yilga mo‘ljallangan davlat budjeti loyihasi taqdim etildi. Asosiy jihatlar

Deputatlar 2026-yilga mo‘ljallangan davlat budjeti loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi. Loyihaga ko‘ra, YAIM 6,6% ga o‘sishi, inflyatsiya 7% gacha pasayishi prognoz qilinmoqda. Budjet taqchilligi bo‘yicha limitni 3% (59,9 trln so‘m), tashqi qarzlar yuqori chegarasini 5 mlrd dollar miqdorida belgilash taklif etilgan. gazeta.uz »

2025-12-5 08:59

O‘zbekistonda “kelishilgan o‘yinlar” uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi

Sport musobaqasi qatnashchi va tashkilotchilarining pora olishi, ularni moddiyat evaziga og‘dirib olish uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. Bu katta miqdordagi jarima, 3 yilgacha ayrim huquqlardan mahrum qilish, 3 yilgacha (og‘irlashtiruvchi holatlarda - 8 yil) ozodlikdan cheklash yo mahrum qilish bilan jazolanadi. gazeta.uz »

2024-11-5 19:53

O‘zbekistonning 2025-yil uchun davlat budjeti loyihasi taqdim etildi. Asosiy ma’lumotlar

2025-yil uchun davlat budjeti loyihasi taqdim etildi. Kelasi yilda YAIM o‘sishi 6 foiz bo‘lishi, inflyatsiya 7 foizgacha pasayishi kutilmoqda. Konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi chegarasi YAIMga nisbatan 3 foiz (49,3 trln so‘m) bo‘lishi, tashqi qarz limiti esa 5,5 mlrd dollargacha oshirilishi taklif qilinmoqda. gazeta.uz »

2024-10-30 08:00