Ðåçóëüòàòîâ: 48

Soliq organlari O‘zbekistondagi marketpleyslar tranzaksiyalari haqidagi ma’lumotlarni oladi

Marketpleyslar va internet platformalar Soliq qo‘mitasiga tovar aylanmasi va onlayn tranzaksiyalar ma’lumotlarini beradi. Shuningdek, loyihada norezident yuridik shaxslarni soliq hisobiga qo‘yish va soliq majburiyatlarini bajarmagan taqdirda ularning internetdagi faoliyatini cheklash qoidalari ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2026-5-19 08:28

Rasmiylar O‘zbekiston fuqarolarining ma’lumotlari darknetda tarqalgani haqidagi xabarlarni tekshirmoqda

Ijtimoiy tarmoqlar va Reddit platformasida O‘zbekiston davlat axborot tizimlaridagi fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari darknetda sizdirilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Kiberxavfsizlik markazi ushbu xabarlar tekshirilayotganini ma’lum qildi. Gazeta ekspertdan vaziyat bo‘yicha izoh oldi. gazeta.uz »

2026-2-3 10:26

“Otamning yo‘lidan borish haqidagi xayollarim katta xato ekan” — “Baxti Tashkentskiy”ning o‘g‘li

11 yilga qamalgan “Baxti Tashkentskiy”ning o‘g‘li Bekzod Zafarov jinoyat olamiga kirish va otasining yo‘lini davom ettirish haqidagi xayollari katta xato bo‘lganini aytdi. “Hibsxonada tilla idishda osh yegandan ko‘ra oila davrasida bir burda non yeb yurganingiz ming marta afzal ekan”, - dedi u. gazeta.uz »

2026-1-22 07:14

Maktablarda niqob taqish haqidagi qaror tavsiyaviy xarakterga ega — Sanepidqo‘mita

Toshkentdagi maktablarda niqob taqish tartibi joriy etilgani haqida tarqalgan xabarlar rasman tasdiqlanmadi. Sanepidqo‘mita vakili Gazeta’ga ma’lum qilishicha, bosh davlat sanitariya shifokori tomonidan chiqarilgan qaror mavsumiy o‘tkir respirator kasalliklarning oldini olishga qaratilgan tavsiya hisoblanadi. gazeta.uz »

2025-10-30 10:50

“Bu summaning choragi ham emas”. Irmatov — Kannavaroning maoshi haqidagi mish-mishlar to‘g‘risida

OAV O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan Fabio Kannavaroning murabbiylar shtabi maoshi yiliga 4 million yevrogacha bo‘lishi mumkinligi haqida xabar tarqatdi. O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov bu ma’lumotni inkor etdi: “Aslida bu summaning yarmini yarmi ham emas”. gazeta.uz »

2025-10-6 15:43

“Ko‘rinmas medal”: O‘zbekiston futbolchilarining Olimpiadaga tarixiy chiqishi haqidagi Gazeta filmi Kinopoisk’da

Gazeta 2024-yilgi Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi haqida hikoya qiluvchi “Ko‘rinmas medal” hujjatli filmini suratga oldi. Film jamoaning tarixiy muvaffaqiyati ortida turgan insonlarga bag‘ishlangan bo‘lib, uni Kinopoisk’da tomosha qilish mumkin. gazeta.uz »

2025-8-28 07:30

Sud “Ozodlik”ka 100 mln so‘m to‘lash va “gaz chayqovchisi” haqidagi surishtiruv bo‘yicha raddiya e’lon qilishni yukladi

Toshkentdagi sud “Ozodlik” radiosini gaz savdosi bilan shug‘ullanuvchi Ultimo Group Limited kompaniyasi va uning asoschisi haqidagi tekshiruv yuzasidan rad etish bayonoti e’lon qilishga hamda ma’naviy zarar uchun 100 million so‘m miqdorida tovon to‘lashga majbur etdi. “Gazeta.uz” sud majlislarida ishtirok etdi. gazeta.uz »

2024-8-20 16:00