Poytaxt hokimligi erkakni itlar to‘dasi g‘ajib tashlagani haqidagi xabarlarni inkor etdi
Toshkent shahri hokimligi Qoraqamish massivida keksa odamni itlar to‘dasi g‘ajib tashlagani haqidagi ma’lumotni rad etdi. O‘lim sababi o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi ekani ma’lum qilindi. Kuzatuv kamerasidan olingan tasvirlarda erkakning yurib ketayotib, to‘satdan yiqilib tushgani ko‘ringan. gazeta.uz »
