Ðåçóëüòàòîâ: 82

“Har yilgi mavsumiy ko‘chish”. FVV chigirtkalar to‘dasi paydo bo‘lgani haqidagi xabarlarga izoh berdi

Tarmoqlarda Buxoro viloyatidagi va boshqa yo‘llarda chigirtkalar to‘dasi paydo bo‘lgani haqida video va xabarlar tarqaldi. FVV bu har yili kuzatiladigan mavsumiy ko‘chish ekani, lokal tusga egaligini hamda qishloq xo‘jaligiga zarar yetmaganini ma’lum qildi. “Xavotirga o‘rin yo‘q”, - deydi idora. gazeta.uz »

2026-6-14 10:02

“Tahdid qiladigan, akillagan har qanday laychaga o‘z joyida javob berishimiz shart”. Senator — imperiyaparast chiqishlar haqida

Senator Abdusaid Ko‘chimov yalpi majlisda imperiyaparast chiqishlar haqida gapirib o‘tdi. “Karvonimizga tahdid qiladigan har qanday kuchga, akillagan har qanday laychaga qarshi o‘z joyida javob berishimiz, popugini pasaytirib qo‘yishimiz shart… Bizni boshqalar tan olishiga majbur qilishimiz kerak”, - dedi u. gazeta.uz »

2026-2-6 09:15

“Mahalla yettiligi” xodimlari bilan har bir yo‘nalish bo‘yicha alohida yig‘ilish o‘tkazish taqiqlanadi

Endilikda “mahalla yettiligi” xodimlari bilan har bir yo‘nalish bo‘yicha alohida yig‘ilish o‘tkazish taqiqlanadi. “Yettilik” faoliyatini kompleks baholaydigan tizim ishga tushiriladi. Tuman hokimlari yil yakuniga ko‘ra yaxshi ishlagan 10 ta “yettilik”ni mukofotlash, ularga qo‘shimcha ustamalar berishni yo‘lga qo‘yadi. gazeta.uz »

2025-10-14 14:37

Kreditni qaytarish jadvalidagi har qanday o‘zgarishlardan banklarning o‘zi mijozni xabardor qilishi kerak — MB

Markaziy bank qonunchilikka ko‘ra kreditni qaytarish jadvalidagi har qanday o‘zgarishlardan banklarning o‘zi mijozni xabardor qilishi kerakligini eslatdi. Banklarga kredit shartnomalariga iste’molchilar huquqlarini cheklovchi bandlarni kiritish amaliyotiga chek qo‘yish topshirildi. gazeta.uz »

2025-10-9 16:15

“Har bir bolaning iste’dodini kashf etish muhim”. Turli kasb egalari O‘zbekiston maktab ta’limini ichkaridan qanday o‘zgartirmoqda?

O‘zbekistonlik turli kasb egalarini viloyatlardagi davlat maktablarida o‘quvchilar bilan ishlash uchun tayyorlovchi Teach For Uzbekistan loyihasining ikkinchi mavsumi boshlandi. Gazeta dastur direktori va o‘tgan yilgi tanlov g‘olibi bilan dastlabki natijalar va ta’limga yondashuvning o‘zgarishi haqida suhbatlashdi. gazeta.uz »

2025-8-14 14:24

O‘zbekistonda har yili o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi “Prezident Olimpiadasi” o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 2025-yildan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatlarini uch bosqichli “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari shaklida o‘tkazib boriladi. Musobaqalarning respublika final bosqichi har yili Olimpiya shaharchasida “Prezident Olimpiadasi” sifatida o‘tkaziladi. gazeta.uz »

2025-7-9 08:39

Davlat boshqaruvi akademiyasida har yili 100 nafar yoshlar o‘qitiladi, ular vazir va hokimlarga biriktiriladi

Shavkat Mirziyoyev endi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Kelajak liderlari” dasturi bo‘yicha har yili 100 nafar salohiyatli yoshlar o‘qitilishini ma’lum qildi. Bu yoshlar vazir va hokimlarga biriktiriladi, ikki oy ularning yonida yurib, tajriba orttiradi. Bir oyga xorijiy stajirovkaga yuboriladi. gazeta.uz »

2025-6-30 13:17

Prezident: Investorlarning har bir taklif va mulohazasi batafsil ko‘rib chiqiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorijiy investorlar kengashi majlisida sarmoyadorlar ilgari surayotgan har bir taklif va mulohaza batafsil ko‘rib chiqilishini ta’kidladi. Investorlar soliq qonunchiligi barqarorligini ta’minlash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan qonunlarni ko‘paytirish bo‘yicha takliflar bergan. gazeta.uz »

2025-6-11 14:02

O‘zbekistonda har bir oliygohning noyob imij va brend konsepsiyasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda har bir OTMning tarixiy rivojlanish xususiyatlari, ijtimoiy vazifasi va hozirgi zamon talablari asosida noyob imij va brend konsepsiyasini ishlab chiqish taklif etilmoqda. Muhokamaga qo‘yilgan hujjat loyihasi, shuningdek, talabalarning kiyinish madaniyatini shakllantirishni nazarda tutadi. gazeta.uz »

2025-5-16 10:53