Ðåçóëüòàòîâ: 10

OneID’da shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish standart holatda cheklandi — ruxsatni mustaqil ravishda yoqish lozim

Kreditlar berilishi taqiqlangani haqidagi xabarlar fonida Elektron hukumat markazi OneID tizimida shaxsiy ma’lumotlarni uzatish standart holatda cheklanganini tushuntirdi. Foydalanuvchilar endi o‘z ma’lumotlariga banklar va boshqa tashkilotlarning kirishiga o‘zlari ruxsat berishlari kerak bo‘ladi. gazeta.uz »

2026-2-7 13:56

O‘zbekistonda 6 oyda 3,7 mingta holatda tadbirkorlarga asossiz jarimalar qo‘llanilgan

O‘zbekistonda tadbirkorlarga asossiz jarimalar qo‘llangani uchun javobgarlik belgilanishi ko‘zda tutilmoqda. Bunga bunday amaliyot ko‘p uchrashi va bu uchun jazo yo‘qligi sabab qilib keltirilmoqda. Xususan, 2024-yilda tadbirkorlarga 5280 marta, 2025-yilning 6 oyida esa 3755 marta asossiz jarima qo‘llanilgan. gazeta.uz »

2025-10-31 09:12

Turkiyadagi pichoqlanish bilan bog‘liq holatda O‘zbekiston fuqarolari qatnashmagan — Bosh konsulxona

Turk OAVda Aksaray viloyatida 13 yoshli yigit opasining sevgilisini pichoqlagani, ular o‘zbekistonlik ekani haqida yozdi. Istanbuldagi Bosh konsulxonaning aniqlik kiritishicha, voqea ishtirokchilarining hech biri O‘zbekiston fuqarosi emas. Vatandoshlardan mahalliy qonunlarga rioya etish so‘raldi. gazeta.uz »

2025-8-27 11:50

“Muammo asosan jismoniy holatda bo‘ldi”. Srechko Katanets — KXDRga qarshi o‘yin haqida

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston bosh murabbiyi Srechko Katanets Shimoliy Koreya bilan o‘yinda jamoa o‘z imkoniyatini to‘liq namoyish eta olmagani, muammo asosan jismoniy holatda bo‘lganini aytdi. O‘yinning eng yaxshi futbolchisi Jaloliddin Masharipov “JCHga yaqinlashgan sari bosim va hayajon bo‘lishi tabiiy” ekanini ta’kidladi. gazeta.uz »

2024-9-6 07:08