Ðåçóëüòàòîâ: 286

Salbiy jentrifikatsiya. Toshkentdagi Oqqo‘rg‘on ko‘chasida piyodalar uchun sharoitlar yo‘q qilinmoqda

2017-yilda Oqqo‘rg‘on ko‘chasini jentrifikatsiya qilib, shahar ahli uchun qulay, biznes uchun jozibali maskanga aylantirmoqchi bo‘lishdi. Bugunga kelib ko‘chada kafe, do‘konlar ko‘paydi, lekin trotuarlarni avtomobillar egalladi, ulardan biri buzib tashlandi (uni bir yildan keyingina tiklashmoqchi). Gazeta reportaji. gazeta.uz »

2026-8-14 13:39

“Bu — ijobiy signal”. Toshkentdagi Oqsaroy qarorgohi atrofini ochiq jamoat bog‘iga aylantirish ishlari boshlandi (foto)

Toshkentdagi Oqsaroy qarorgohi atrofini jamoat bog‘iga aylantirish ishlari boshlandi: shu kunlarda panjaralar olib tashlanyapti. Mutaxassislar buni ochiq jamoat makonlarini ko‘paytirishdagi “ijobiy signal” deb baholamoqda, shuningdek, bu bilan cheklanib qolmaslikka chaqirmoqda. Gazeta reportaji. gazeta.uz »

2026-8-9 20:30

Toshkentdagi Newport TJMning to‘qqizta blokidan oltitasida qurilish ro‘yxatdan o‘tkazilmasdan olib borilgan — Qurilish vazirligi

Yakkasaroy tumanidagi Newport turar joy majmuasining to‘qqizta blokidan oltitasida qurilish-montaj ishlari inspeksiyada ro‘yxatdan o‘tazilmasdan olib borilgan, deya ma’lum qildi Qurilish vazirligi. Buyurtmachi Mega Logistics Service kompaniyasiga bir necha bor ko‘rsatmalar berilgan, biroq talablar bajarilmagan. gazeta.uz »

2026-8-5 12:45

Toshkentdagi Oqqo‘rg‘on va Parkent ko‘chalarining ayrim qismlari uch kunga yopildi

Toshkentdagi Oqqo‘rg‘on va Parkent ko‘chalarining Mustaqillik shohko‘chasiga tutash ayrim qismlarida 31-iyul soat 23:00 dan 3-avgust soat 22:00 gacha transport harakati vaqtincha cheklanadi. Cheklovlar Mustaqillik shoh ko‘chasining ikkinchi bosqichida asfalt yotqizish ishlarini yakunlash munosabati bilan joriy etilmoqda. gazeta.uz »

2026-8-1 08:21

Energetika vazirligi Toshkentdagi rekord darajadagi yuklama va avariyaviy o‘chirishlar haqida ma’lum qildi

Anomal issiq fonida 20-iyul kuni elektr iste’moli rekord darajadagi 301,9 mln kVt/soatga, ishlab chiqarish esa 305,4 mln kVt/soatga yetdi. Energovazirlik tizim barqaror ishlayotganini bildirdi, biroq Toshkentda 3000 dan ortiq iste’molchi vaqtincha toksiz qoldi, ayrim joylarda uzilish 5 soatdan ko‘p davom etdi. gazeta.uz »

2026-7-21 12:19

“Norozi aholi — siyosiy jihatdan yomon”. Toshkentdagi renovatsiya haqida BCG eksperti bilan intervyu

Renovatsiya - faqat eski uylarni buzish emas. BCG eksperti Vladislav Butenko Gazeta bilan suhbatda tizimli xatolardan qanday qilib qochish, odamlar yashagisi keladigan tumanlarni barpo etishda turli idora va tuzilmalarning hamkorligi, aholi bilan haqqoniy muhokamalar nima uchun zarurligi haqida so‘z yuritdi. gazeta.uz »

2026-6-30 15:47

Toshkentdagi omborxonada itlar shafqatsizlarcha o‘ldirildi. IIBB tekshiruv boshladi

Tarmoqlarda Toshkentdagi omborxona hududida itlarning vahshiylarcha kaltaklab o‘ldirilgani aks etgan video noroziliklarga sabab bo‘ldi. Sog‘lig‘i yomonlashgan jonvorlarni evtanaziya qilish uchun chaqirilgan veterinar 2,3 kishi bilan ularni o‘ldirgani aytilmoqda. Poytaxt IIBB tergovga qadar tekshiruv boshladi. gazeta.uz »

2026-6-21 08:59

Toshkentdagi “Issiqlik elektr stansiyalari” binosi 191,5 mlrd so‘mga sotuvga qo‘yildi

“Issiqlik elektr stansiyalari” kompaniyasining “Bunyodkor” stadioni ro‘parasidagi ofis binosi E-auksion orqali 191,5 mlrd so‘m boshlang‘ich narxda sotuvga qo‘yildi. Xaridor obyektni IES Yangi Toshkentga ko‘chib o‘tganidan keyin, ammo sotib olinganidan boshlab uzog‘i uch yil ichida qabul qilib olishi mumkin bo‘ladi. gazeta.uz »

2026-6-3 13:35

“Qo‘g‘irchoqlar”: shveysariyalik rassom Peter Ershmanning Toshkentdagi ko‘rgazmasida nimalarni ko‘rish mumkin?

Shveysariyalik rassom Peter Ershmanning Toshkentda “Qo‘g‘irchoqlar” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi. Videoinstallyatsiyalardan iborat ekspozitsiya ekologiya, kundalik odatlarning atrof-muhitga ta’siri va insonning jamiyat bilan o‘zaro munosabatlariga bag‘ishlangan, u 31-iyulgacha davom etadi. Gazeta reportaji. gazeta.uz »

2026-5-29 10:52

Toshkentdagi “Mutaxassislar uylari” va Shota Rustaveli ko‘chasidagi ikkita uy Moddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritildi

Toshkentdagi Rustaveli ko‘chasida buzilish xavfi ostida bo‘lgan 22-uy, Beshyog‘ochdagi “Mutaxassislar uylari”, Benkov nomidagi maktab binolari va Mahatma Gandi ko‘chasidagi uy Moddiy madaniy meros milliy ro‘yxatiga kiritildi. Vazirlar Mahkamasi binosi esa ro‘yxatga kiritilmadi. gazeta.uz »

2026-5-15 06:57

Toshkentdagi “Brodvey” rekonstruksiya qilinadi. Rasmiylar aholi va mutaxassislar fikrini inobatga olishga va’da bermoqda

Toshkent shahri hokimligi “Brodvey” nomi bilan mashhur bo‘lgan Sayilgoh ko‘chasi va unga tutash hududlarni kompleks rivojlantirish rejalarini e’lon qildi. Maqsad - piyodalar infratuzilmasi va sayr qilish hududlarini yaxshilash, shuningdek, xavfsiz va inklyuziv jamoat maskanlarini yaratishdir. gazeta.uz »

2026-5-6 08:19

“Biz havoga pul to‘layapmiz”. Toshkentdagi tadbirkorlar peshtaxtalar uchun to‘lovni bekor qilish va demontajni to‘xtatishni so‘ramoqda

Toshkentdagi tadbirkorlar axborot peshtaxtalari uchun to‘lovlarni bekor qilish va yangi dizayn kodga moslashish uchun vaqt berishni taklif qildi. Ularning ta’kidlashicha, amaldagi qoidalar katta xarajatlarni talab etmoqda, peshlavhalarni demontaj qilish esa biznesga zarar keltirmoqda. gazeta.uz »

2026-4-29 19:09

Toshkentdagi vayronkor zilzilaning 60 yilligiga bag‘ishlangan arxiv foto va hujjatlari ko‘rgazmasi o‘tmoqda

Toshkent tarixi muzeyida poytaxt tarixidagi eng fojiali voqealardan birining 60 yilligiga bag‘ishlangan “Toshkent zilzilasi - xalqaro birdamlik nuqtasi” nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda. Ekspozitsiyada vayron bo‘lgan va qayta tiklangan shaharning arxiv hujjatlari hamda fotosuratlari taqdim etilgan. gazeta.uz »

2026-4-23 21:47

Toshkentdagi “Xalqlar do‘stligi” saroyi oldida o‘rnatilgan reklama bannerlari olib tashlandi

Madaniy meros agentligi tekshiruvidan so‘ng Toshkentdagi “Xalqlar do‘stligi” saroyi oldida o‘rnatilgan reklama bannerlari demontaj qilindi. Qonunchilik reklama joylashtirishni taqiqlaydi. Agentlik barcha davlat idoralari va tadbirkorlarni “merosga bo‘lgan hurmatni saqlashga”ga chaqirdi. gazeta.uz »

2026-4-15 10:00

Toshkentdagi “Buyuk ipak yo‘li” metrosi yaqinida yo‘l o‘tkazgich quriladi. Foto va tafsilotlar

“BIY” metro bekati yaqinida ikki qavatli yo‘l o‘tkazgich qurilishi reja qilinmoqda. Loyihani YHTEM taqdim etdi. Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bo‘ylab BRT yo‘nalishi ishga tushirilib, u Mustaqillik va Shahrisabz ko‘chalari orqali Shota Rustaveli`dagi yo‘nalish bilan tutashadi. Do‘rmon yo‘li chorrahasida esa tunnel bo‘ladi. gazeta.uz »

2026-4-4 10:04

Toshkentdagi Botanika bog‘ida velosiped va samokatlar harakatlanishi taqiqlandi

1-apreldan Toshkent Botanika bog‘i hududida velosiped va samokatlarda harakatlanish taqiqlanadi. Bog‘ ma’muriyati bunga tashrif buyuruvchilarning yiqilishi va jarohat olishi bilan bog‘liq holatlar ko‘paygani, shuningdek, mehmonlardan kelib tushgan ko‘plab murojaat va takliflarni sabab qilib ko‘rsatdi. gazeta.uz »

2026-3-31 09:58