Nima tayyorlaymiz: Qurbon hayiti uchun yeguliklar
Samarqand oshi, gaz pechida xvorostlar, qovurilgan chuchvara, pistali baklava va Qurbon hayiti dasturxoni uchun boshqa taomlar - Zira.uz jamlanmasida. gazeta.uz »
Hayiti - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Samarqand oshi, gaz pechida xvorostlar, qovurilgan chuchvara, pistali baklava va Qurbon hayiti dasturxoni uchun boshqa taomlar - Zira.uz jamlanmasida. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev Qurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi yo‘lladi. Prezident ushbu bayramning jamiyatda mehr-oqibat, bag‘rikenglik va hamjihatlikni mustahkamlashdagi o‘rniga e’tibor qaratdi. gazeta.uz »
27-may kuni Qurbon hayiti namozi o‘qilishi munosabati bilan soat 00:00 dan 8:00 ga qadar Toshkentdagi 20 ta masjid oldidagi ko‘chalarda avtotransport harakati to‘xtatiladi. Fuqarolarga yo‘nalishlarni oldindan rejalashtirib olish tavsiya qilindi. gazeta.uz »
27-may kuni Qurbon hayiti munosabati bilan Toshkent shahridagi avtobus yo‘nalishlari va metropoliten odatdagidan ertaroq - soat 04:00 dan harakatni boshlaydi. Transport vazirligi fuqarolardan hayit namoziga borishda jamoat transportidan foydalanishni so‘radi. gazeta.uz »
Qurbon hayiti munosabati bilan og‘ir kasalliklarga chalingan bolalarni davolash, shuningdek, kamida 350 kishining jigar va buyrak transplantatsiyasi xarajatlarini qoplab beriladi. Chin yetim bolalarning hisobiga 200 dollardan o‘tkaziladi. gazeta.uz »
Qurbon hayiti kunlarida ehtiyojmand aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, 10 mingdan ortiq bolada murakkab operatsiyalar o‘tkazish va 2 mingga yaqin og‘ir bemorlarni davolash uchun qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltiriladi. gazeta.uz »
Qurbon hayiti 27-may, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan, o‘zbekistonliklar ish haftasi turidan qat’i nazar ketma-ket 5 kun - 27-maydan 31-maygacha dam oladi. 1-iyundan barcha yana ishga qaytadi. gazeta.uz »
Andijonda Ramazon hayiti tongi odatdagidan barvaqt boshlandi. Shahar bo‘ylab transport harakati vaqtincha cheklanib, asosiy oqim masjidlar tomon yo‘naladi. Bayram namozi, bozorchalardagi gavjumlik va qo‘llariga xina qo‘ygan qizchalar - Gazeta muxbiri hududdagi bayram shukuhini kadrlarga muhrladi. gazeta.uz »
20-mart kuni O‘zbekistonda masjidlar tong sahardan ramazon hayiti namozini ado etish uchun kelgan musulmonlarga to‘ldi. Namoz o‘qib bo‘lingach odamlar yaqinlariga, oila a’zolariga turli shirinliklar, qaymoq, non, hadyalar olib uylari sari otlandi. Gazeta muxbiri Murod Yusuf bu tongni suratlarga muhrladi. gazeta.uz »
Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida “Toshkent” avtovokzalidan har kuni 70 dan ortiq qo‘shimcha avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Jarayonlarni nazorat qilish uchun tezkor shtab tashkil etildi. Chiptalarni kassalarda va UzBus ilovasi orqali xarid qilish mumkin. gazeta.uz »
Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida prezident 392 nafar mahkumni afv etishga oid farmon imzoladi. Ulardan 223 nafari jazodan butunlay ozod etildi, qolganlarining muddati yoki shartlari osonlashdi. Afv etilganlar orasida 3 nafarini xorijlik, 26 nafarini ayol va 166 nafarini yoshlar tashkil qiladi. gazeta.uz »
Prezident qarori bilan O‘zbekistonda Ramazon hayiti 20-mart kuni nishonlanadi. Joylarda Ramazon hayiti Navro‘z bayramiga uyg‘un holda madaniy-ma’rifiy hamda xayriya tadbirlar tashkil etiladi. gazeta.uz »
6-iyun tongida O‘zbekistondagi barcha jome masjidlarida Qurbon hayiti namozi o‘qildi. Gazeta fotomuxbirlari Toshkent shahridagi “Hazrati Imom” hamda “Novza” masjidlaridan fotoreportaj tayyorladi. gazeta.uz »
O‘zbekistonliklarning aksariyati Qurbon hayitida qo‘y so‘yib, qurbonlik qiladi. Jarayon bozordagi qo‘ylar va, umuman, qo‘y go‘shti narxiga qanchalik ta’sir qiladi? Gazeta muxbiri bayram oldidan Qibray tumanidagi “Obod” mol bozoriga borib, reportaj tayyorladi. gazeta.uz »
O‘zbekiston Qurbon hayiti munosabati bilan Afg‘onistonga 183 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini topshirdi. Avvalroq qo‘shni davlatga Navro‘z va Ramazon hayiti munosabati bilan insonparvarlik yordami yuborilgan edi. gazeta.uz »
Toshkent shahrida 6-iyun kuni soat 00:00 dan 08:00 gacha hayit namozi o‘qiladigan yigirmaga yaqin masjidlar yaqinidagi ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi. gazeta.uz »
Toshkent shahrida 6-iyun - Qurbon hayiti bayrami kuni avtobuslar va metropoliten soat 3:00 dan o‘z harakatini boshlaydi. gazeta.uz »
Qozonda non, “Shedevr” somsa, Samarqand oshi, gaz pechida xvorostlar, lo‘la kabob va Qurbon hayiti uchun boshqa taomlar retseptlari - Zira.uz jamlanmasida. gazeta.uz »
Qurbon hayitining birinchi kuni 6-iyun, jumaga to‘g‘ri keladi va dam olish kuni bo‘ladi. Prezident qarori bilan shanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi. gazeta.uz »
O‘zbekiston prezidenti xalqni Ramazon hayiti bilan tabrikladi. U muborak oyda o‘tkazilgan barcha tadbirlar “jamiyatda tinchlik, do‘stlik, mehr-oqibat va saxovat muhitini yanada mustahkamlash”ga xizmat qilganini ta’kidladi. gazeta.uz »
30-mart kuni Toshkentdagi 124 ta masjidda Ramazon hayiti namozi o‘qiladi. Tartibni saqlash uchun shu kuni soat 00:00 dan 07:30 gacha ularga olib boruvchi yo‘llar yopiladi. Ro‘yxat. gazeta.uz »
Prezident Ramazon hayiti arafasida qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan 488 nafar mahbusni afv etdi. Ularning 100 nafari asosiy jazodan ozod etildi, 268 nafari shartli ozod qilindi. Afv etilganlar orasida chet ellik 17 nafar fuqaro, taqiqlangan tashkilotlarda qatnashgan 5 nafar shaxs bor. gazeta.uz »
Musulmonlar idorasi Ramazon hayiti namozining o‘qilish vaqtlarini e’lon qildi. U Toshkent shahrida soat 06:30 da, boshqa hududlarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o‘qiladi. gazeta.uz »
Ramazon hayiti kuni Toshkent metropoliteni soat 4:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Qo‘shimcha dam olish kuni esa yakshanba uchun tasdiqlangan jadval asosida harakatlanadi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda Ramazon hayiti bayrami 30-martda nishonlanadi. Hayitning birinchi kuni yakshanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan dam olish 31-mart, dushanbaga ko‘chiriladi. gazeta.uz »
16-iyun kuni ertalab O‘zbekistondagi barcha masjidlarda Qurbon hayiti namozi o‘qildi. PressPhoto.uz fotografi Murod Yusuf “Gazeta.uz” uchun Toshkent shahridagi Hazrati Imom majmuasidan fotoreportaj tayyorladi. gazeta.uz »
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat xalqini Qurbon hayiti bayrami bilan tabrikladi. Shuningdek, davlat rahbari jahonning turli mintaqalarida davom etayotgan urush va janjallar tezroq barham topishini, Yer yuzida doimo tinchlik va osoyishtalik barqaror bo‘lishini tiladi. gazeta.uz »
Qurbon hayiti munosabati bilan 16-iyun kuni Toshkentdagi metro va avtobuslar soat 03:00 dan ish boshlaydi. Ular soat 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi. gazeta.uz »
Musulmonlar idorasi 16-iyun, yakshanba kuni Qurbon hayiti namozining hududlardagi o‘qilish vaqtlarini e’lon qildi. Shu kuni Toshkent metropoliteni 03:00 da ish boshlaydi va ma’lum muddat bepul bo‘ladi. gazeta.uz »
Prezident qaroriga ko‘ra, Qurbon hayiti 16-iyun - yakshanba kuni nishonlanadi. Haftasiga 5 kun ishlaydigan o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi: 17-iyun ko‘chirilgan dam olish kuni, 18-iyun esa barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi. gazeta.uz »
Tongda O‘zbekiston masjidlarida Ramazon oyi tugashi munosabati bilan hayit namozi o‘qildi. Bu yil namoz kuchaytirilgan xavfsizlik choralari ostida ado etildi. Toshkentdagi “Xoja Ahror Valiy” va “Minor” masjidlaridan suratlar. gazeta.uz »
Prezident Ramazon hayiti munosabati bilan yo‘llagan tabrigida mamlakatdagi islohotlar islom dinining mohiyati va g‘oyalari bilan uyg‘un ekanini aytdi. U vijdon erkinligini ta’minlash, milliy va diniy qadriyatlarni tiklash yo‘lidagi ishlar davom etishini ta’kidladi. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdog‘an telefon orqali muloqotda bir-birini Ramazon hayiti bayrami bilan qutladi. Davlat rahbarlari “qardosh O‘zbekiston va Turkiya xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq” tilab, ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik masalalarini ham muhokama qildi. gazeta.uz »
Toshkent shahrida 10-aprel kuni Ramazon hayiti namozi o‘qilishi munosabati bilan ayrim masjidlarga yondosh bo‘lgan ko‘chalarda avtomobillar harakati cheklanadi. gazeta.uz »
Vazirlar Mahkamasi topshirig‘i bilan 10-aprel, Ramazon hayiti bayrami kunida jamoat transporti soat 4:00 dan 10:00 ga qadar aholiga bepul xizmat ko‘rsatadi. gazeta.uz »
Musulmonlar idorasi 10-aprel, chorshanba Ramazon hayiti namozini o‘qish vaqtlarini e’lon qildi. gazeta.uz »
Ramazon hayiti kuni Toshkentda avtobus va metro soat 4:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Dam olish kunlari esa yakshanba uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatlanadi. gazeta.uz »
Musulmonlar idorasi Ramazon hayiti 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilayotganini ma’lum qildi. gazeta.uz »