Ðåçóëüòàòîâ: 263

Andijonda 21 nafar bog‘cha bolasini tashigan Tracker YTHga uchrab, 6 yoshli qiz vafot etdi. Haydovchiga uy qamog‘i jazosi berildi

Xo‘jaobod tumanida 21 nafar bog‘cha bolasini Tracker’da olib ketayotgan haydovchi YTH sodir etdi. Oqibatda 6 yoshli qiz halok bo‘lib, yana 7 nafar bola jarohat oldi. Sud haydovchiga nisbatan 3 yil muddatga ozodlikni cheklash va 2 yilga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish jazosini tayinladi. gazeta.uz »

2026-8-6 09:53

BAA va Gruziyadan firibgarlik va odam savdosida gumonlangan 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi olib kelindi

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan 4 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi. Ularning uch nafari firibgarlik va odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarda gumonlanib BAAda, yana biri o‘ta yirik miqdordagi firibgarlikda gumonlanib Gruziyada ushlangan. Ular qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi. gazeta.uz »

2026-5-4 16:04

Sakkiz nafar o‘zbekistonlik bolalar onkologiyasini qo‘llash maqsadida Sahroi Kabirdagi ultramarafonda qatnashadi

Sakkiz o‘zbekistonlik Sahroi Kabirdagi Marathon des Sables ultramarafonida ishtirok etadi. Ko‘zlangan maqsad Ezgu Amal fondi va Supersport maktabining “Sakkizta yurak” loyihasiga e’tibor qaratish bo‘lib, u orqali Bolalar onkologiyasi markazi uchun 120 ming dollarlik UZI apparatiga mablag‘ yig‘iladi. gazeta.uz »

2026-4-3 07:13