Ðåçóëüòàòîâ: 22

Andijonda 21 nafar bog‘cha bolasini tashigan Tracker YTHga uchrab, 6 yoshli qiz vafot etdi. Haydovchiga uy qamog‘i jazosi berildi

Xo‘jaobod tumanida 21 nafar bog‘cha bolasini Tracker’da olib ketayotgan haydovchi YTH sodir etdi. Oqibatda 6 yoshli qiz halok bo‘lib, yana 7 nafar bola jarohat oldi. Sud haydovchiga nisbatan 3 yil muddatga ozodlikni cheklash va 2 yilga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish jazosini tayinladi. gazeta.uz »

2026-8-6 09:53

Samarqandda “Nasaf” muxlislari avtomobili YTHga uchradi. Bir kishi halok bo‘ldi

Jamoasining o‘yinini ko‘rish uchun Namanganga borgan va ortga qaytayotgan “Nasaf” muxlislarining avtomobili halokatga uchradi - haydovchi uxlab qolishi oqibatida mashina tuproq uyumiga borib urildi. Bir kishi halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi shifoxonaga yotqizildi. Futbol klubi holat yuzasidan ta’ziya bildirdi. gazeta.uz »

2025-10-31 18:59

Rossiyaning Amur viloyatida YTHga uchragan avtobusda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lmagan — Migratsiya agentligi

Rossiya OAV Amur viloyatida yengil avtomobil va yo‘lovchi avtobusi to‘qnashgani, yo‘lovchilar Turkiya, Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari ekanini yozgandi. O‘zbekiston Migratsiya agentligi bu hodisada vatandoshlar bo‘lmaganini bildirdi. Hodisa tufayli 46 kishi jarohatlangan, 1 kishi vafot etgan. gazeta.uz »

2025-10-17 15:19