
2024-6-19 14:08 |
Beruniy tumanida o‘nlab bog‘cha bolalarini olib ketayotgan Nexia YTHga uchradi. Ikki bola (6 va 3 yosh) tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgani va ularning sog‘lig‘i joyida ekani bildirildi.
Ïîäðîáíåå ÷èòàéòå íà gazeta.uz ...

2024-6-19 14:08 |
Beruniy tumanida o‘nlab bog‘cha bolalarini olib ketayotgan Nexia YTHga uchradi. Ikki bola (6 va 3 yosh) tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgani va ularning sog‘lig‘i joyida ekani bildirildi.
Ïîäðîáíåå ÷èòàéòå íà gazeta.uz ...
Atamurat Shamuratov Qoraqalpog‘iston iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga, Kamiljan Aytbayev esa qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga tayinlandi. Taxiatosh tumaniga Islambek Sdikov hokim bo‘ldi. gazeta.uz »
2026-03-05 08:00
Qoraqalpog‘istonda chiqindidan elektr ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi. 80 mln dollarlik loyiha yiliga 274 ming tonna chiqindini qayta ishlab, 80 mln kVt/soat energiya ishlab chiqaradi va 100 ta ish o‘rni yaratadi. gazeta.uz »
2026-02-05 14:49
Xo‘jayli tumanida fuqaro hamda uning 10 va 14 yoshli nabiralari is gazidan zaharlanib vafot etdi. Marhum qo‘lbola isitish pechini mo‘risiz holda gaz tarmog‘iga ulagan va oqibatda gaz sizib chiqqan. gazeta.uz »
2025-12-15 13:17
Qoraqalpog‘istondagi “Barsakelmes” tuz koni hududida chegaralarda tuzni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan Kungrad Salt Free Zone sanoat zonasi tashkil etiladi. 2030-yilgacha jami 200 mln dollar investitsiya hisobiga konning mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish rejalashtirilgan. gazeta.uz »
2025-11-05 23:36
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qilishicha, Qoraqalpog‘istonda 2 mlrd dollarlik 27 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyihalar sanoat, logistika, qishloq xo‘jaligi va sog‘liqni saqlash sohalarini qamrab oladi hamda qariyb 10 mingta ish o‘rni yaratiladi. gazeta.uz »
2025-10-09 16:06
Qoraqalpog‘istonda To‘rtko‘l - Ellikqal’a stansiyalari oralig‘ida signal belgilariga e’tibor bermagan “KamAZ” yo‘lovchi poyezdiga borib urildi. Yuk mashinasi haydovchisi shifoxonaga yotqizildi. Poyezd yo‘lovchilariga esa zarar yetmadi, ular boshqa teplovozda harakatni davom ettirdi. gazeta.uz »
2025-10-06 19:59
Osiyo taraqqiyot banki va ACWA Power Qorao‘zak tumanida shamol elektr stansiyasi va akkumulyator asosida energiyani saqlash tizimini qurish uchun 51 mln dollar miqdoridagi qarz paketini imzoladi. U Markaziy Osiyodagi birinchi kommunal miqyosdagi energiyani akkumulyator yordamida saqlash tizimiga ega SHES hisoblanadi. gazeta.uz »
2025-09-08 09:40
Osiyo taraqqiyot banki Qoraqalpog‘istondagi A380 avtomobil yo‘lining 87 km qismini rekonstruksiya qilish uchun $233,1 mln qarz ajratdi. Loyihada uzunligi 75 km bo‘lgan To‘rtko‘l - Ellikqal’a - Beruniy yangi aylanma yo‘lini qurish va mavjud avtomobil yo‘lining 12 km qismini rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »
2025-08-28 13:18
Qoraqalpog‘istonda mayningga ixtisoslashgan maxsus zona tashkil etish rejalashtirilmoqda. U yerda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga ruxsat beriladi, yagona tizimdan elektr olinsa, maxsus tariflar qo‘llanadi. gazeta.uz »
2025-08-19 21:43
Qoraqalpog‘istonda qoidalarga amal qilmagan “KamAZ” yuk mashinasi temiryo‘l kesishmasidan o‘tish vaqtida poyezd bilan to‘qnashdi. Oqibatda teplovoz relsdan chiqib ketdi. Jabrlanganlar yo‘q. gazeta.uz »
2025-07-30 16:54
Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumanida gaz shoxobchasi o‘lchov qurilmalariga tashqi ta’sir o‘tkazib, 2,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgani aniqlandi. Zapravka mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
2025-03-24 21:36
Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumanidagi gaz to‘ldirish shohobchasi elektron hisoblagichga tashqi ta’sir o‘tkazib, 2,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
2025-01-24 21:35
Nukus shahridagi FVVga qarashli harbiy qismda bir yillik xizmatni o‘tayotgan 19 yoshli askar 5 kishini pichoqladi. Oqibatda ulardan biri vafot etdi, qolganlariga shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. gazeta.uz »
2025-01-04 08:45
Qoraqalpog‘istonda 3 ta asosiy yo‘nalish - qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etilib, takliflar tayyorlanadi va hokimlarga yetkaziladi. Prezident ko‘p energiya talab qiluvchi yirik loyihalarni ushbu hududda joylashtirish kerakligini ta’kidladi. gazeta.uz »
2024-12-23 19:06
Qoraqalpog‘istondagi Quyi Amudaryo hududida uch bosh Buxoro bug‘usi miltiq bilan otib o‘ldirilgani aniqlandi. Hayvonot dunyosiga 3,4 mlrd so‘m zarar hisoblanib, ovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
2024-11-26 18:55
Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida mast haydovchi boshqaruvidagi Lacetti kanalga tushib ketdi. Oqibatda ikki yo‘lovchi voqea joyida, yana biri shifoxonada vafot etdi. gazeta.uz »
2024-11-01 13:49
Qoraqalpog‘istonda ikkita korxona umumfoydalanishdagi tarmoqqa noqonuniy ulanish orqali 1,5 mlrd so‘mlik elektrni o‘g‘irlagani aniqlandi. Toshkentda ishlab chiqarish sexi 578 mln so‘m zarar yetkazdi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari ochildi. gazeta.uz »
2024-11-01 07:54
Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida er-xotin va ularning uyiga mehmonga kelgan yigit qozonxona mo‘risidan chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etdi. gazeta.uz »
2024-10-28 09:45
Qoraqalpog‘istonda Damas haydovchisi salkam 30 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi bilan harakatlangani aniqlandi. Holatga “bog‘chaning ikkinchi avtomobili buzilib qolgani” sabab bo‘lgan. gazeta.uz »
2024-10-07 15:33
Nukus-Shumanay-Taxtako‘pir yo‘lida belgilanmagan joydan o‘tayotgan velosiped haydovchisini Lacetti urib yubordi. Oqibatda 32 yoshli fuqaro voqea joyida halok bo‘ldi. gazeta.uz »
2024-10-06 13:02
Qoraqalpog‘istonda bojxonachilar musiqa kolonkalari orqali olib o‘tilmoqchi bo‘lingan 18 kilogrammdan ortiq mefedronni aniqladi. gazeta.uz »
2024-09-24 13:06
Ellikqal’a tumanidagi maktabda 1-sinf o‘quvchisi onasi tomonidan kuch ishlatib majburan sinfdan olib ketildi. Vaziyat bolaning kim bilan yashashiga oid qarindoshlar o‘rtasidagi nizo oqibatida yuzaga kelgan. gazeta.uz »
2024-09-20 09:58
Prezident Qoraqalpog‘istonda kichik va o‘rta loyihalarni amalga oshirish uchun yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri berish tartibini ma’qulladi. Hozirda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yerlar Nukus shahrida 1 mln dollar, qolgan tumanlarda 300 ming dollar investitsiya kiritish sharti bilan berilmoqda. gazeta.uz »
2024-08-20 10:36
Prezident Qoraqalpog‘istonda Xitoy va Saudiya Arabistoni kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan 2 ta shamol elektr stansiyasi qurilishiga start berdi. Shuningdek, yangi inshootlarning qurilishi va faoliyati boshlab berildi. gazeta.uz »
2024-08-19 13:57
Qoraqalpog‘istondagi 2-sonli tergov hibsxonasida 2 nafar voyaga yetmagan yigit katta yoshlilar bilan bir kamerada saqlangani aniqlandi va bu qonunga zid. Bolalar ombudsmani aralashuvi bilan ular alohida kameraga o‘tkazildi. Hibsxona mansabdorlariga qattiq hayfsan jazosi qo‘llandi. gazeta.uz »
2024-08-13 10:53
Qo‘ng‘irot tumanida Lacetti haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘ldagi Cobalt bilan to‘qnashdi. Oqibatda 2 haydovchi va 1 yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi, yana 5 kishi shifoxonada vafot etdi. gazeta.uz »
2024-07-25 06:53
Qo‘ng‘irot tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari fuqarodan iPhone 15 Pro Max telefonini olayotganda qo‘lga olingani aytilmoqda. Mansabdor so‘ralgan telefonni olib kelmasa, fuqaroning shaxsiy sirini fosh qilib, uni javobgar qilmoqchi bo‘lgan. gazeta.uz »
2024-06-14 08:09
Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida Cobalt haydovchisi tezlikni oshirish oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi pastlikka quladi. U voqea joyida halok bo‘ldi. gazeta.uz »
2024-06-06 21:52
Prezident va tadbirkorlarning yillik muloqoti bu yil Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tadi. U yerda xalqaro biznes-forum ham o‘tkaziladi. Ochiq muloqotni tashkil etish bo‘yicha komissiya tuzildi. “Qoraqalpog‘istonda biznes yuriting” dasturi doirasida yirik brendlarni respublikaga jalb etish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »
2024-06-03 07:43
Nukusda fuqaroning ishonchiga kirib, 11 ming dollarga DXX organlariga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlangani aytilmoqda. Aniqlanishicha, u avval ham 4 kishini firibgarlik bilan DXXga ishga joylash evaziga 65 ming dollar olgan. gazeta.uz »
2024-04-09 15:47