Ðåçóëüòàòîâ: 38

Toshkentdagi “Buyuk ipak yo‘li” metrosi yaqinida yo‘l o‘tkazgich quriladi. Foto va tafsilotlar

“BIY” metro bekati yaqinida ikki qavatli yo‘l o‘tkazgich qurilishi reja qilinmoqda. Loyihani YHTEM taqdim etdi. Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bo‘ylab BRT yo‘nalishi ishga tushirilib, u Mustaqillik va Shahrisabz ko‘chalari orqali Shota Rustaveli`dagi yo‘nalish bilan tutashadi. Do‘rmon yo‘li chorrahasida esa tunnel bo‘ladi. gazeta.uz »

2026-4-4 10:04

Yangi Jizzax shahri quriladi

Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumani o‘rtasidagi 40 gektar maydonda Yangi Jizzax shahri quriladi. Loyiha doirasida 50 ta ko‘p qavatli uy, ma’muriy markaz va ijtimoiy soha obyektlari quriladi. Infratuzilma va yagona jamoat transporti yaratiladi. Bosh reja uchun 40 mlrd so‘m ajratiladi. gazeta.uz »

2026-2-4 09:11

Qoraqalpog‘istonda To‘rtko‘l — Ellikqal’a — Beruniy aylanma yo‘li quriladi

Osiyo taraqqiyot banki Qoraqalpog‘istondagi A380 avtomobil yo‘lining 87 km qismini rekonstruksiya qilish uchun $233,1 mln qarz ajratdi. Loyihada uzunligi 75 km bo‘lgan To‘rtko‘l - Ellikqal’a - Beruniy yangi aylanma yo‘lini qurish va mavjud avtomobil yo‘lining 12 km qismini rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2025-8-28 13:18

“Olimpiya shaharchalari viloyatlarda ham quriladi”. Prezident — yoshlar orasida sportni ommalashtirish haqida

Shavkat Mirziyoyev, uning fikricha, “yosh avlod salomatligiga katta poydevor” bo‘lgan Olimpiya shaharchasi qurib bitkazilgani bilan sportchilarni tabrikladi. U bunday muassasalar viloyatlarda ham qurilishini aytdi va sport turlarini ommalashtirish masalasiga alohida urg‘u berdi: “Odamlarimiz sportni yaxshi ko‘radi”. gazeta.uz »

2025-8-18 17:43