Kattaqo‘rg‘on shahri hududi kengaytirilib, katta shaharlar toifasiga o‘tkaziladi
Deputatlar Kattaqo‘rg‘on shahri, Kattaqo‘rg‘on va Nurobod tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi. Unga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on tumanidan 1945 gektar, Nurobod tumanidan 971 gektar yer Kattaqo‘rg‘on shahriga hamda Nurobod tumanidan 600 gektar yer Kattaqo‘rg‘on tumani tarkibiga o‘tkaziladi. gazeta.uz »