Ðåçóëüòàòîâ: 47

Buxoro yangi aeroporti loyihasiga 50 ga yaqin kompaniya qiziqish bildirdi — Transport vazirligi

Buxoro yangi xalqaro aeroportini qurish va boshqarish loyihasi bo‘yicha tenderning birinchi bosqichini 11-mayda yakunlash reja qilingan, deya xabar berdi transport vaziri o‘rinbosari. Uning aytishicha, loyihaga 50 ga yaqin kompaniya qiziqish bildirgan va ishtirokchilar saralab olingach, jarayon ikkinchi bosqichga o‘tadi. gazeta.uz »

2026-5-5 09:44

Vision Invest va Air Products yangi Toshkent aeroporti uchun aviayoqilg‘i ishlab chiqaradi — energetika vaziri

Yangi Toshkent aeroporti uchun Saudiyaning Vision Invest kompaniyasi va AQShning Air Products kompaniyasi bilan aviayoqilg‘i ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, Saudiya kompaniyalari hamkorligida Parkentda yirik batareya saqlash tizimi ishga tushiriladi, Samarqandda yangi issiqlik elektr stansiyasi quriladi. gazeta.uz »

2025-10-17 10:57

Yangi Toshkent aeroporti 2030-yilgacha qurilishi rejalashtirilmoqda. Prezident loyiha bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida poytaxt uchun yangi aeroport qurish rejalari bilan tanishdi. Uni 2030-yilgacha ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Birinchi bosqichda havo bandargohi yiliga 20 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hozirda investorlarning takliflari ko‘rib chiqilmoqda. gazeta.uz »

2025-8-1 19:31

“Shuncha yo‘lovchini boy beryapmiz”. Andijon aeroporti modernizatsiyasidan keyin nimalar o‘zgaradi?

Rekonstruksiyadan so‘ng Andijon aeroporti noqulay ob-havoda samolyotlarni yo‘naltirish uchun Farg‘ona vodiysining asosiy zaxira aeroportiga aylanadi va O‘sh aeroporti bilan munosib raqobatlashadi. 50 yillik uchib ketish terminalning buzilishi, lekin kutish zalidagi ulkan panno saqlab qolinishi rejalashtirilgan. gazeta.uz »

2025-6-28 18:24

Shavkat Mirziyoyev yaqinda faoliyatini tiklagan Andijon aeroporti bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev yaqinda rekonstruksiyaning birinchi bosqichi bitkazilgan Andijon xalqaro aeroporti bilan tanishdi. Unda parvozlar soni yiliga 584 tadan 3700 taga ortishi kutilmoqda. Davlat rahbari samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yish, xizmatlarni arzon qilib, parvozlarni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. gazeta.uz »

2025-4-15 10:29