O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida yangi transport yo‘lagi yaratiladi, Karachi portida O‘zbekiston omborlari tashkil etiladi
Pokiston - Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston transport yo‘lagi yaratilib, Karachi portida O‘zbekiston omborlari tashkil etiladi. Shuningdek, O‘zbekiston - Afg‘oniston - Pokiston temir yo‘li loyihasi bo‘yicha dala tadqiqot ishlarini boshlash va yangi yo‘nalishda pilot tashuvlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »



