Toshkent aeroportida Bangkokdan uchib kelgan chet ellik yo‘lovchi 6,3 kg marixuana bilan qo‘lga olindi
Toshkent aeroportida Bangkokdan kelgan xorijiy yo‘lovchi tekshiruvdan o‘tkazilganida, yuklar orasidan 6,3 kg marixuana topildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Yil boshidan buyon 15 ta holatda qariyb 30 kg giyohvandlik vositalari musodara qilingan, bu o‘tgan yilga nisbatan 18 kilogrammga ko‘p. gazeta.uz »










