Ðåçóëüòàòîâ: 112

O‘zbekistonda endi tadbirkorlarning soliq qarzdorligi bo‘yicha penya asosiy qarz summasidan oshib ketmaydi

O‘zbekistonda tadbirkorlarning soliq qarzdorligi bo‘yicha penya miqdori asosiy qarz summasidan oshib ketmasligi haqidagi norma joriy etiladi. Shuningdek, QQS to‘lovchisi guvohnomasi endi avtomatik tarzda to‘xtatilmaydi - bunday qaror soliq organi rahbari yoki uning o‘rinbosari tomonidan qabul qilinadi. gazeta.uz »

2026-5-6 13:08

“Buvilarning xohish-istagi endi erta nikoh uchun asos bo‘la olmaydi” — Prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari

O‘zbekistonda nikoh yoshini pasaytirish uchun asos bo‘ladigan holatlarning qat’iy ro‘yxati belgilanadi. PA rahbari o‘rinbosari Nodira Hakimovaning so‘zlariga ko‘ra, qarindoshlarning xohishi yoki kuyovning chet elga ketishi kabi sabablar endi voyaga yetmagan qizlarni turmushga berish uchun asos bo‘la olmaydi. gazeta.uz »

2026-3-5 21:06

Endi UzAirways’da uchib ketish chiptasidan foydalanmaganda qaytib ketish chiptasi “kuyib” ketmaydi

Raqobat qo‘mitasi taklifiga ko‘ra, endilikda UzAirways orqali uchib ketish va qaytish chiptasiga ega yo‘lovchilar ayrim sabablar bilan uchib ketolmaganda, qaytish chiptasi bekor qilinmaydi. Qo‘mita ushbu qoidani mahalliy yo‘nalishlardagi boshqa aviakompaniyalarga ham joriy etish yuzasidan hamkorlikda ish olib bormoqda. gazeta.uz »

2026-2-3 12:41

“Bu yerda boshqa faktorlar bor”. Endi ingliz tili o‘qituvchilari attestatsiya natijalaridan norozi, bu gal — yoppasiga

O‘zbekiston bo‘ylab bir necha minglab ingliz tili o‘qituvchilari oktabrda o‘tkazilgan attestatsiya natijalaridan norozi. Ular sinovlar haddan tashqari qiyin bo‘lgani, ba’zi savollar esa bahsli ekanini aytmoqda va jarayonni qayta tashkil etishni so‘ramoqda. Gazeta vaziyatni o‘rgandi. gazeta.uz »

2025-11-4 18:56

Endi faqat isitish va ovqat tayyorlash uchun foydalaniladigan hududlarga gaz ulanmaydi — Energovazirlik

O‘zbekistonda gazni faqat “yoqish”, jumladan, isitish va ovqat tayyorlash uchun ishlatadigan iste’molchilar uchun gaz yetkazib berish bo‘yicha texnik shartlar berish to‘xtatildi. Bu haqda bosqichma-bosqich elektr energiyasiga o‘tish rejalarini izohlar ekan, energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ma’lum qildi. gazeta.uz »

2025-10-29 19:34

Homiladorlik va mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini endi ish beruvchi emas, davlat to‘laydi

2026-yildan boshlab homiladorlik va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini ish beruvchilar emas, Ijtimoiy himoya jamg‘armasi to‘laydi. Prezidentga taqdimotda aytilishicha, hozirgi tizim xususiy sektor uchun jozibador emas, “ortiqcha yuklama” - mahsulot tannarxi oshib, raqobatbardoshlikka ta’sir ko‘rsatmoqda. gazeta.uz »

2025-10-29 17:45

Foyda solig‘i bo‘yicha avans to‘lash tartibi endi 20 mlrd so‘mdan yuqori aylanmali korxonalarga amal qiladi

Prezident amaldagi tartibga ko‘ra, yillik aylanmasi 10 mlrd so‘mdan oshgan korxonalar foyda solig‘i bo‘yicha avans to‘lagani uchun aylanma mablag‘ masalasida qiyinchilikka uchrayotganini ta’kidladi. Davlat rahbari endi bu tartib faqat 20 mlrd so‘mdan yuqori aylanmali korxonalar uchun amal qilishi e’lon qilindi. gazeta.uz »

2025-8-20 14:07

Endi normativ-huquqiy hujjat va loyihalar PA huzuridagi ilmiy-tahliliy institutlar tadqiqotlari va ekspertlar tavsiyalari asosida ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda normativ-huquqiy hujjat va loyiha Prezident administratsiyasi huzuridagi ilmiy-tahliliy institutlar tadqiqotlari va ekspertlarning tavsiyalari asosida ishlab chiqiladi. Idoralar o‘zlariga tegishli sohani mustaqil tartibga solish vakolati doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qila oladi. gazeta.uz »

2025-7-14 14:29

Endi qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga joylashtirilishdan avval majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

O‘zbekistonda qamoqqa olingan shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan oldin uni tergov hibsxonasining o‘zida majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi joriy etildi. Jarohat, shikastlanish va yaralar aniqlanganda, bu haqda qamoqqa olinganga ma’lum qilinadi va zudlik bilan prokurorga xabar beriladi. gazeta.uz »

2025-6-27 14:20

Prezident: Endi xususiy oliygohlardagi pedagogik yo‘nalishlar davlat institutlari bilan bir xil bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev bundan buyon xususiy oliygohlardagi pedagogik yo‘nalishlar davlat institutlari bilan bir xil bo‘lishini ma’lum qildi. Prezident hozirda xususiy universitetlarda bu yo‘nalishdagi talabalarning aksari maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim va filologiya bo‘yicha tayyorlanayotganini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-5-15 14:01