Endi bir soliqqa to‘langan ortiqcha to‘lov boshqasiga yo‘naltiriladi
O‘zbekistonda endi soliq to‘lovchilarga ortiqcha to‘langan va undirilgan summalardan nafaqat muayyan bir soliq, balki boshqa soliqlar uchun ham foydalanishga ruxsat berildi. Shuningdek, soliq hujjatlarini faqat ERI emas, balki biometriya (Face-ID yoki barmoq izi) yordamida ham tekshirish mumkin bo‘ldi. gazeta.uz »
