Ðåçóëüòàòîâ: 21

Madaniyat vazirligi san’atkorlar solig‘i bo‘yicha yengilliklar berish va tizimni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi

Madaniyat vazirligi san’atkorlarning har bir chiqishini alohida soliqqa tortish loyihasi bo‘yicha Adliya vazirligiga e’tiroz kiritganini ma’lum qildi. Idora yangi tartibda soliqlarni adolatli va tabaqalashtirilgan holda belgilashni hamda ijodkorlar uchun maqbul shart-sharoitlarni saqlab qolishni so‘ramoqda. gazeta.uz »

2026-4-7 10:44

Royalti solig‘i 4 baravar kamaytiriladi. O‘zbekiston jahon farm-brendlarini jalb qilmoqchi

O‘zbekistonda dori vositalari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha yangi choralar e’lon qilindi. Xorijiy farmkompaniyalarni jalb qilish uchun royalti solig‘i 5 foizgacha kamaytiriladi. Tashkent Pharma Park hududi Janubiy Koreya kompaniyalarini jalb qilgan holda yana 100 gektarga kengaytiriladi. gazeta.uz »

2026-3-6 22:20

Mol-mulk va yer solig‘ini undirishda ham elektr energiyasining billing tizimidan foydalaniladi

O‘zbekistonda mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha umumiy summasi 1 mln so‘mdan oshgan soliq qarzdorligini undirishda elektr energiyasining billing tizimi mexanizmidan foydalanishni joriy etiladi. Avvalroq chiqindidan qarzdorlarning elektr energiyasiga to‘lov qilish imkoniyatini cheklash yo‘lga qo‘yilgan edi. gazeta.uz »

2025-12-1 09:19

Foyda solig‘i bo‘yicha avans to‘lash tartibi endi 20 mlrd so‘mdan yuqori aylanmali korxonalarga amal qiladi

Prezident amaldagi tartibga ko‘ra, yillik aylanmasi 10 mlrd so‘mdan oshgan korxonalar foyda solig‘i bo‘yicha avans to‘lagani uchun aylanma mablag‘ masalasida qiyinchilikka uchrayotganini ta’kidladi. Davlat rahbari endi bu tartib faqat 20 mlrd so‘mdan yuqori aylanmali korxonalar uchun amal qilishi e’lon qilindi. gazeta.uz »

2025-8-20 14:07

Tadbirkorlarning tashqi infratuzilmaga xarajati foyda solig‘i bazasidan chegirib tashlanadi

Prezident tashqi infratuzilmani o‘z hisobidan qilayotgan tadbirkorlarning bu xarajati foyda solig‘i bazasidan chegirib tashlanishini ma’lum qildi. Shuningdek, davlat rahbari tadbirkorlar soni oshib borayotganini inobatga olib Toshkentda elektr tarmoqlarini yaxshilash uchun yana 2 trln so‘m mablag‘ ajratilishini aytdi. gazeta.uz »

2025-8-20 12:18

“2027-yildan san’atkorlardan daromad solig‘ini undirish tartibi kuchaytiriladi” — Soliq qo‘mitasi

Soliq qo‘mitasi vakiliga ko‘ra, amaldagi qonunchilik bo‘yicha san’atkorlar deklaratsiya to‘ldirib, soliqqa tortilishi kerak. Ammo ularning ko‘pi bunga rioya etmay, daromadidan soliq to‘lamayapti. “2027-yildan boshlab, ular soliqlardan qochsa, tekshiruvlar o‘tkaziladi va soliq undiriladi”, - deydi Mubin Mirzayev. gazeta.uz »

2025-4-2 09:05

Umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda solig‘i stavkasi 50 foizga kamaytiriladi, ayrim tadbirkorlarga esa QQSning bir qismi qaytariladi

2028-yilgacha O‘zbekistondagi umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda solig‘i stavkasi 50 foizga kamaytiriladi. Shuningdek, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini hamda umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga har oyning 25 sanasiga qadar to‘langan QQSning bir qismi qaytariladi. gazeta.uz »

2024-9-4 08:44