Ðåçóëüòàòîâ: 68

O‘zbekistonda xususiy ta’lim sohasida sertifikatlash va yagona qoidalarni joriy etish taklif qilindi

Raqobat qo‘mitasi xususiy ta’lim sohasida yagona qoidalar va ixtiyoriy sertifikatlashni joriy etishni taklif qildi. Sohadagi murojaatlarning 96 foizi nodavlat tashkilotlariga to‘g‘ri kelib, fuqarolar ta’lim sifati pastligi va mablag‘ qaytarilmasligidan norozi. Idora vakolatli organlarga takliflar kiritdi. gazeta.uz »

2026-8-5 08:43

JB O‘zbekistonga xususiy sektorni kengaytirishda logistika, turizm va farmatsevtikaga ustuvorlik berishni tavsiya qildi

Jahon banki O‘zbekistonga xususiy sektorni kengaytirishda logistika, turizm, farmatsevtika sohalariga ustuvorlik berishni tavsiya qildi. Bu sohalarni isloh qilish orqali o‘rta muddatli istiqbolda $5,2 mlrd dan $6,4 mlrd gacha xususiy investitsiyalarni jalb qilish, 300 mingdan ortiq ish o‘rinlarini yaratish mumkin. gazeta.uz »

2026-7-13 10:47

Yangi xususiy klinikalarga 200 mln dollar imtiyozli kredit ajratiladi, ularga transplantatsiya qilishga ruxsat beriladi

O‘zbekistonda, jumladan, chekka hududlarda yangi klinika tashkil etish uchun Milliy bank 200 mln dollarli kredit liniyasi ochadi. 2027-yil 1-maydan akkreditatsiyadan o‘tgan xususiy tibbiyot muassasalari transplantatsiya bilan shug‘ullana oladi. Xorijlik shifokorlar uchun ijtimoiy soliq stavkasi pasayadi. gazeta.uz »

2026-5-4 21:52

“Biz uchun O‘zbekistondagi ustuvor yo‘nalish xususiy sektorni rivojlantirishdir” — OTB rahbari

O‘zbekiston OTBning mintaqa mamlakatlari o‘rtasida energetika va raqamli aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha yangi tashabbuslarida muhim o‘rin tutadi, deb bayonot berdi OTB prezidenti Masato Kanda. Uning so‘zlariga ko‘ra, bank ko‘magi, shuningdek, xususiy sektor, ijtimoiy himoya va inson kapitaliga yo‘naltiriladi. gazeta.uz »

2026-5-4 21:27

Nukusda bolalarga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan xususiy bog‘cha xodimlariga sud hukmi o‘qildi

Nukusda bolalarga nisbatan muntazam zo‘ravonlik qilib kelgan xususiy bog‘cha xodimlarining ozodligi cheklandi. Kichik guruh tarbiyalanuvchilariga nisbatan shafqatsiz munosabat o‘tgan yilning fevralida - xodimlar bolalarni tepib, boshiga urgani aks etgan videolar tarmoqlarda tarqalganidan so‘ng ma’lum bo‘lgandi. gazeta.uz »

2026-2-3 15:30

2027-yilgacha O‘zbekistonning yana to‘rt viloyatida elektr tarmoqlari xususiy boshqaruvga beriladi

Prezident O‘zbekistonning 4 viloyatida elektr tarmoqlarini boshqarish xususiy operatorlarga o‘tkazilishini ma’lum qildi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Samarqandda boshqaruv Aksa Elektrik`ga o‘tkazilganidan so‘ng, Jizzax, Sirdaryo, Namangan va Toshkent viloyatlarida ham shunday loyihalar investorlarga taklif etiladi. gazeta.uz »

2025-12-5 12:38

Xususiy sektor xodimlariga ham “dekret” va mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini davlat sug‘urtasi orqali to‘lash rejalashtirilmoqda

Senatda xususiy sektorda ishlovchi xodimlarga ham mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish hamda ishdan bo‘shatish nafaqalarini davlat ijtimoiy sug‘urtasi orqali to‘lab berish nazarda tutilgan qonun ma’qullandi. Nafaqalar chet elga chiqqanda ham saqlanib qolinadi. gazeta.uz »

2025-10-31 15:10

O‘zbekistonda 10 ta xususiy klinika litsenziyasiz xizmatlar ko‘rsatayotgani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi o‘rganishlarida 10 ta xususiy klinikada litsenziyasiz xizmatlar ko‘rsatilayotgani ma’lum bo‘ldi. 7000 dan ortiq tibbiyot muassasasida o‘tkazilgan tekshiruvlarda peshlavhalar, davlat tilidagi ma’lumotlar va narxnomalarning yo‘qligi bilan bog‘liq qoidabuzarliklar ham aniqlandi. gazeta.uz »

2025-10-15 10:01

Xususiy bog‘chalardagi tarbiyachilar oyligi va bola xarajatining bir qismi ham budjetdan qoplab beriladi

Endilikda xususiy bog‘chalardagi tarbiyachilar oyligi va bola xarajatining bir qismi ham budjetdan qoplab beriladigan tizim joriy etiladi. Shuningdek, davlat va xususiy bog‘cha tarbiyachilarini ishdan ajralmagan holda oliygohlarda o‘qitish yo‘lga qo‘yilib, yiliga 10 ming tarbiyachi oliy ma’lumotli qilinadi. gazeta.uz »

2025-9-15 15:05

O‘zbekistonda xususiy klinikalarga organ ko‘chirib o‘tkazish operatsiyalari uchun ruxsat berilishi mumkin

O‘zbekistonda xususiy tibbiy klinikalarga organ ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha operatsiyalarni o‘tkazishga ruxsat berilishi mumkin. Bu haqda 15-iyul kuni Savdo-sanoat palatasida tashkillashtirilgan sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqot chog‘ida aytib o‘tildi. SSV bu masalani diqqat bilan o‘rganmoqda. gazeta.uz »

2025-7-16 12:19

Xususiy OTMlar uchun litsenziyalash qoidalari moratoriydan bir kun oldin kuchaytirildi. Faollar nima deydi?

Hukumat xususiy OTMlar uchun $2 mln ustav kapitali bo‘lishi, $350 ming depozit va foydani qayta investitsiyalash kabi kuchaytirilgan qoidalar joriy qilmoqda. Hujjat tadbirkorlar uchun yangi majburiyatlarga moratoriy kuchga kirishidan 1 kun oldin imzolangan. Iqtisodchi bu raqobatni cheklashidan ogohlantirmoqda. gazeta.uz »

2025-7-7 09:25

Prezident: Endi xususiy oliygohlardagi pedagogik yo‘nalishlar davlat institutlari bilan bir xil bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev bundan buyon xususiy oliygohlardagi pedagogik yo‘nalishlar davlat institutlari bilan bir xil bo‘lishini ma’lum qildi. Prezident hozirda xususiy universitetlarda bu yo‘nalishdagi talabalarning aksari maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim va filologiya bo‘yicha tayyorlanayotganini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-5-15 14:01

OTB prezidenti: O‘zbekiston — energetika sohasiga xususiy investitsiyalarni jalb qilishda strategik yondashuv namunasi

O‘zbekiston - xususiy investitsiyalar hisobiga energetika sohasini muvaffaqiyatli transformatsiya qilish namunasi, dedi OTB rahbari Masato Kanda. Unga ko‘ra, mamlakatda 3,5 GVt qayta tiklanadigan energoloyihalar amalga oshmoqda, ba’zi shartnomalar rekord darajadagi past tariflar bo‘yicha tuzilgan. gazeta.uz »

2025-5-5 17:13

Deputatlar xususiy sektor xodimlarini ishdan bo‘shatishni soddalashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini rad etdi

Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zLiDeP fraksiyasi ishlab chiqqan xususiy sektor xodimlarini ishdan bo‘shatishni soddalashtirishga qaratilgan qonun loyihasini rad etdi. Qonunda o‘rindoshlik asosida ishlovchi xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda kompensatsiya to‘lashni bekor qilish taklif etilgandi. gazeta.uz »

2025-4-29 15:15

Oliy ta’lim kengashi xususiy oliygohlarga “soliq solmoqchi”, deputat bu bo‘yicha bosh prokurorga so‘rov yubordi

Respublika oliy ta’lim kengashi xususiy oliygohlar kontraktdan tushadigan pullarning 4 foizini Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazib berishini istamoqda. Deputat Dilmurod Artiqov bu to‘lovning qaysi asos bilan joriy etilayotganini so‘rab, bosh prokurorga so‘rov yubordi. gazeta.uz »

2024-12-25 16:13