O‘zbekiston 2027-yilda Gruziyaning Poti portida logistika markazi ochadi va yuk mashinalari importi uchun yig‘imlarni bekor qiladi
2027-yilda O‘zbekiston Gruziyaning Poti portida 500 ming tonnalik logistika markazini ishga tushiradi va Anakliya portida ishlarni boshlaydi. Prezident yuk mashinalari importida bojxona boji va utilizatsiya yig‘imi bekor qilinganini hamda xalqaro vagonlar ajratishda 0% QQS stavkasi joriy etilganini ma’lum qildi. gazeta.uz »



