Ðåçóëüòàòîâ: 99

G7 yetakchilari Ukrainaga yangi qurol va’da qildi va AQShning Eron bilan kelishuvini qo‘llab-quvvatladi

“Katta yettilik” (G7) davlatlari rahbarlari qo‘shma bayonotda Ukrainaga yangi qurol-yarog‘ yetkazib berishni va’da qildi, AQSh va Eron o‘rtasidagi yangi kelishuvni qo‘llab-quvvatladi. Qolaversa, Hind-Tinch okeani mintaqasidagi kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori ekanligini bildirishdi. gazeta.uz »

2026-6-17 15:18

AQSh Eron bilan urushda yordam bermagan NATO davlatlaridan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishni ko‘rib chiqmoqda — WSJ

Tramp ma’muriyati Eron bilan urushda AQShga yetarlicha yordam bermagan NATO davlatlaridan AQSh qo‘shinlarini olib chiqib ketish variantini ko‘rib chiqmoqda. Ittifoqchilardan norozi bo‘lgan Tramp avvalroq alyansdan butunlay chiqib ketish bilan tahdid qilgandi. Uning “ko‘ngli qolgan” a’zolar qatorida Ispaniya bor. gazeta.uz »

2026-4-9 15:23

AQSh va Eron o‘t ochishni 45 kunga to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda — Axios

AQSh va Eron vositachilar orqali o‘t ochishni 45 kunga to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda. Biroq, Axios manbalariga ko‘ra, kelishuvga erishish imkoniyatlari juda kam. Tramp esa, o‘z navbatida, Hurmuz bo‘g‘ozi ochilmasa, Eronning ko‘priklari va elektr stansiyalarini bombardimon qilish bilan yana tahdid qilmoqda. gazeta.uz »

2026-4-6 13:32

Tramp Eron energetikasini “to‘liq” yo‘q qilish bilan tahdid qildi; Pentagon Eronda quruqlikdagi operatsiyalarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Tramp Tehron yaqin vaqt ichida kelishuvga rozi bo‘lmasa va Hurmuz bo‘g‘ozini ochmasa, Eronning barcha energetika infratuzilmasini “to‘liq” yo‘q qilish bilan tahdid qildi. AQSh prezidentining ushbu bayonoti Pentagonning Eronda quruqlikdagi operatsiyalarga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi xabarlardan so‘ng yangradi. gazeta.uz »

2026-3-30 17:05

“Eron aholisi urush va repressiv hukumat o‘rtasida qolib ketdi”. BMT missiyasi AQSh va Isroilning Eron bilan urushini qoraladi

BMT mustaqil missiyasi Isroil va AQShning Eronga qarshi hujumlarini, shuningdek, Tehronning mintaqa bo‘ylab bergan zarbalarini qoraladi. “Eron aholisi keng ko‘lamli harbiy kampaniya va inson huquqlarini uzoq vaqtdan beri qo‘pol ravishda poymol qilib kelayotgan hukumat o‘rtasida qoldi”, - deyiladi bayonotda. gazeta.uz »

2026-3-5 12:37

“O‘zbekiston oldidagi barcha majburiyatlarimizni bajaryapmiz”. Eron elchisi — urushning tranzit yo‘nalishlarga ta’siri haqida

Mintaqadagi namoyishlar va harbiy keskinliklarga qaramay, Eron va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar o‘sishda davom etmoqda, deya ta’kidladi elchi Muhammad Ali Iskandariy. “O‘zbekiston oldidagi barcha majburiyatlarimizni bajaryapmiz, tovarlar tranziti bo‘yicha eng katta yordamni berib kelyapmiz”, - dedi u. gazeta.uz »

2026-3-4 12:34