Shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov TePe Sigeman Chess turnirida uchinchi o‘rinni egalladi
O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Malmyodagi TePe Sigeman Chess turnirini mag‘lubiyatsiz yakunladi va uchinchi o‘rinni egalladi. Turnir startidagi g‘alabadan so‘ng u ketma-ket olti marta durang o‘ynadi.














