“Bolalikdan odamlarga kerakli bo‘lishni orzu qilganman”. O‘zbekistonda saratonni erta tashxislash uchun xususiy laboratoriya ochgan Gulruh Botiraliyeva hikoyasi
Gulruh Botiraliyeva 28 yoshida onkologik kasalliklarni chuqur tashxislash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazuvchi ilk xususiy laboratoriyaga asos solgan. Toshkent shahri va hududlardagi filiallariga ega bu tibbiyot muassasasi saratonni erta bosqichda aniqlab, uni davolashga yordamlashmoqda. Gazeta uning hikoyasini keltiradi.






