O‘zbekistonda 2025-yilda ko‘p obunachiga ega 6 nafar bloger 2,7 mlrd so‘m daromad qilib, 110 mln so‘m soliq to‘ladi
O‘zbekistonda obunachilari soni 3 milliondan ortiq bo‘lgan blogerlar 2025-yil davomida 2,7 mlrd so‘m daromad topib, budjetga 110,4 mln so‘m soliq to‘lagan. Umuman, o‘tgan yilda blogerlik bozori hajmi 760,2 mlrd so‘m (62 mln dollar) etib baholangan.




