O‘zbekiston yil boshidan beri 24 tonna oltin sotib olib, sof xaridorlar yetakchi uchligida qolmoqda
Markaziy bank aprelda 1 tonna oltin sotdi, lekin yil boshidan beri 24 tonna oltin sotib olib, sof xaridorlar ro‘yxatida (Polshadan keyin) 2-o‘rinda qolmoqda. WGC hisob-kitoblariga ko‘ra, mamlakatning oltin zaxiralari 414 tonna atrofida bo‘lib, umumiy zaxiralarning 88 foizini tashkil etadi. gazeta.uz »


































