Aprelda O‘zbekistonda yillik inflyatsiya 7 foizgacha sekinlashdi. Oy va yil davomida narxlar qanday o‘zgardi?
Aprelda O‘zbekistonda oylik inflyatsiya 0,6% darajasida o‘zgarishsiz saqlanib, yillik inflyatsiya 7% gacha sekinlashdi. Oy davomida oziq-ovqat mahsulotlaridan bulg‘or qalampiri - 10,3%, kartoshka - 6,5%, olma - 4,5%, tuxum - 3,6%, go‘sht o‘rtacha 3,5% ga qimmatlashdi. Benzin narxlari 1,4% ga oshdi. gazeta.uz »





























