Ðåçóëüòàòîâ: 57

Soat 01:00 da ham Toshkent-Pop yo‘nalishida qo‘shimcha temiryo‘l reysi tashkil etiladi

Qamchiq dovoni yopilgach, o‘z manziliga yetolmagan yo‘lovchilar uchun soat 01:00 da ham Toshkent-Pop yo‘nalishida qo‘shimcha temiryo‘l reysi tashkil etiladi. Popga borgach, poyezd vodiydan Toshkentga ketayotgan yo‘lovchilarni ham olib qaytadi, deya ma’lum qildi FVV. Dovonda kechki soatlarda 12 ta qor ko‘chkisi aniqlangan. gazeta.uz »

2026-2-13 22:09

Yo‘llar rekonstruksiyasi va “Yangi Toshkent”. Kompensatsiya jamg‘armasidan qo‘shimcha 150 mlrd so‘m qayerga yo‘naltiriladi?

2025-yilda kompensatsiya jamg‘armasi budjeti 150 mlrd so‘mga - 700 mlrd so‘mgacha oshirildi. Mablag‘lar Samarqand va Termizdagi yirik yo‘l loyihalari hamda poytaxt va Yangi Toshkent o‘rtasidagi yo‘llar qurilishi uchun yer uchastkalari sotib olishga yo‘naltirildi. Senator hududlarda to‘lovlar kechikishiga e’tibor qaratdi. gazeta.uz »

2026-1-19 12:17

Xorijiy va nodavlat OTMlar uchun davlat granti bo‘yicha qo‘shimcha tanlov ochildi

2025/2026 o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat OTMlarga ajratilgan 1320 ta davlat grantidan bo‘sh qolgan o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlov ochildi. To‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar 25-noyabrdan 4-dekabrgacha ro‘yxatdan o‘tib, 11-dekabrga qadar o‘tkaziladigan test sinovlarida qatnashishi mumkin. gazeta.uz »

2025-11-26 08:36

“Tashabbusli budjet”da g‘olib bo‘lolmagan 33 ta loyihaga qo‘shimcha mablag‘ ajratildi

“Tashabbusli budjet”ning 2025-yilgi 1-mavsumi yakunlariga ko‘ra, g‘olib bo‘la olmagan 33 ta loyiha uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratildi. Xalq deputatlari tuman kengashlari bu loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 7,5 mlrd so‘m yo‘naltirdi. gazeta.uz »

2025-4-3 09:29

Kichik va o‘rta biznesga qo‘shimcha talab va majburiyat yuklaydigan normativ hujjatlar qabul qilishga 3 yillik moratoriy e’lon qilinadi

O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesga qo‘shimcha talab va majburiyat yuklaydigan normativ hujjatlar qabul qilishga ham uch yillik moratoriy e’lon qilinadi. Shuningdek, oxirgi uch yillik aylanmasi 10 mlrd so‘mdan oshmagan, soliqdan qarzi bo‘lmagan korxonani ixtiyoriy tugatishda tekshiruv o‘tkazilmaydi. gazeta.uz »

2025-3-19 10:51

Papa Fransiskning ahvoli og‘irlashmoqda, unga qo‘shimcha kislorod va qon yuborildi — Vatikan

Vatikan Rim papasi Fransiskning sog‘lig‘i so‘nggi sutkada yanada yomonlashgani, uning ahvoli “og‘ir” ekani va qo‘shimcha kislorod hamda qon quyilganini ma’lum qildi. Papaning hayoti xavf ostida: o‘pka infeksiyasi uning qoniga tarqalib, sepsisga aylanishi xavfi bor, buni “yengish juda qiyin bo‘lishi mumkin”. gazeta.uz »

2025-2-23 23:59

Ekologiya vazirligiga ovchilik faoliyatiga doir qo‘shimcha vakolatlar berildi

Prezident farmoni bilan, ov qilish va ovchilik xo‘jaligini tashkil etishning yangicha tartibi o‘rnatildi. Endi ov faqat xo‘jalik hududida amalga oshiriladi, ov yerlari auksionda 49 yilga beriladi, yovvoyi hayvonlarni ko‘paytiradiganlar soliq imtiyozlari oladi. Ekologiya vazirligiga qo‘shimcha vakolatlar yuklandi. gazeta.uz »

2024-7-26 18:35