Toshkent metropoliteni uchun yana 3 ta poyezd keltirildi
Toshkent metrosining harakat tarkibi uchun 3 ta yangi poyezd olib kelindi. Cyentyabrga qadar yana 8 ta 4 vagonli harakat tarkibi xarid qilinishi kutilyapti. gazeta.uz »
Poyezd - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Toshkent metrosining harakat tarkibi uchun 3 ta yangi poyezd olib kelindi. Cyentyabrga qadar yana 8 ta 4 vagonli harakat tarkibi xarid qilinishi kutilyapti. gazeta.uz »
Toshkent metrosining harakat tarkibini yangilash doirasida 3 ta to‘rt vagonli poyezd olib kelindi. Yil yakunigacha yana 11 ta harakat tarkibi keltirilishi kutilmoqda. Bu yo‘nalishlardagi intervalni qisqartirish va eski vagonlarni almashtirish imkonini beradi. gazeta.uz »
Tailandning Bangkok shahrida yuk poyezdi va yo‘lovchi avtobusi to‘qnashib ketishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 33 nafar jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizildi. Tashqi ishlar vazirligi jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligini ma’lum qildi. gazeta.uz »
Toshkent metrosining “G‘afur G‘ulom” bekatida ayol poyezd kirib kelayotganida uning yo‘liga tushib ketdi. Mashinist harakat tarkibini tezkor to‘xtatib qoldi, yo‘lovchi jiddiy jarohat olmadi. Hodisa poyezdlar harakati jadvaliga ta’sir qilmagan. gazeta.uz »
Toshkentda Jaloyir-Sergeli temiryo‘l oralig‘ida yuk poyezdi 22 yoshli yigitni urib ketdi. Hodisa tungi soat 02:00 larda sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u temiryo‘lda yotgan bo‘lgan. Holat yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda. gazeta.uz »
Daniya shimolida ikkita poyezd to‘qnashib ketishi oqibatida 17 kishi jarohatlandi. Ulardan to‘rt nafarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. gazeta.uz »
9-aprel kuni Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishida Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan maxsus poyezd harakatlanadi. Poyezd bayram tadbirini o‘tkazish uchun “Amir Temur xiyoboni” bekatida bir daqiqa to‘xtab o‘tadi. gazeta.uz »
1-fevraldan boshlab ayrim mahalliy poyezd chiptalari narxi yana ko‘tariladi. Xususan, “Afrosiyob” elektropoyezdi va “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” poyezdlari biletlari 15 foizga oshadi. gazeta.uz »
Namangan viloyatida Gentra’ni poyezd urib ketdi. Voqea oqibatida mashina ichidagi barcha - besh ayol va kichik bola vafot etdi. Mashina haydovchisi yaqinlashib kelayotgan poyezd oldidan temiryo‘lni kesib o‘tishga uringan. gazeta.uz »
Qoraqalpog‘istonda qoidalarga amal qilmagan “KamAZ” yuk mashinasi temiryo‘l kesishmasidan o‘tish vaqtida poyezd bilan to‘qnashdi. Oqibatda teplovoz relsdan chiqib ketdi. Jabrlanganlar yo‘q. gazeta.uz »
Bekobod shahri hududidan o‘tuvchi temiryo‘l kesishmasida mikroavtobus va lokomotiv ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisada hech kim jarohatlanmagan. gazeta.uz »
Toshkent - Buxoro - Toshkent yo‘nalishida 21−22, 28−30-aprel va 1-may kunlari qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. gazeta.uz »
Andijon shahrida poyezd 26 yoshli yigitni urib ketdi. U darhol shoshilinch tibbiy yordam markaziga olib kelingan va hayoti saqlab qolingan. Bemorning holati o‘rta og‘irlikda deb baholanmoqda. gazeta.uz »
Qor yog‘ishi sababli Qamchiq dovoni orqali harakatlanish to‘xtatildi. Qutqaruvchilar avtomobili qor ostida qolgan haydovchilarga yordam bermoqda. Issiqlik nuqtalari ochildi. 1000 ga yaqin kishi oshxona va mehmonxonalarga joylashtirildi. gazeta.uz »
Farg‘ona viloyatidagi “Oxunboboyev” va “Marg‘ilon” bekatlari oralig‘ida Nexia-3 haydovchisi poyezdni ilon izi usulida aylanib o‘tishga urindi. Oqibatda mashina poyezd tagida qoldi. Haydovchi shifoxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
Toshkent metropolitenida 19 yoshli yigit o‘zini elektropoyezd tagiga tashladi. Xodimlar jabrlangan fuqaroni tirik holda vagon ostidan olib chiqqan. Hozirda tekshirish ishlari olib borilmoqda. gazeta.uz »
Amudaryo ustidan o‘tuvchi yangi ko‘prikda Urganch - Qo‘ng‘irot yo‘nalishida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Qatnovlar 20-yanvardan boshlanishi kutilmoqda. gazeta.uz »
O‘zbekiston va Qozog‘iston Ostona-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha poyezd qatnovini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Tomonlar sayyohlik poyezdlari qatnovi to‘g‘risidagi bitimni imzoladi va ishchi guruh tuzdi. gazeta.uz »
Toshkent metropoliteni 2024-yil oxirida Rossiyada ishlab chiqarilgan uchta yangi tarkibni oldi. O‘tgan yili jami 11 ta to‘rt vagonli poyezd olib kelindi. gazeta.uz »
Dalaguzar - Nazarbek temiryo‘li kesishmasida poyezd Damas`ni urib yubordi. Atrofdagi haydovchilar mashinani relsdan chiqarishga harakat qilgan, ammo harakat muvaffaqiyatsiz yakunlangan. gazeta.uz »
“O‘zbekiston temir yo‘llari” talabalarga 23-dekabr-10-yanvar oralig‘idagi mahalliy qatnovlar chiptalari uchun 50 foizlik chegirma e’lon qildi. SV/VIP klassdagi vagonlar va “Afrosiyob” elektropoyezdlari bundan mustasno. Avvalroq UzAirways ham talabalarga chegirma taqdim etgandi. gazeta.uz »
Namanganda Damas haydovchisi to‘xtash belgilariga amal qilmasdan, temiryo‘lni kesib o‘tishga urindi va elektrovozning yuk vagoniga urildi. U og‘ir jarohatlar bilan voqea joyida halok bo‘ldi. gazeta.uz »
Toshkentda temiryo‘lning belgilangan qismidan velosipedda kesib o‘tayotgan 15 yoshli bolani poyezd urib ketdi. U bir qancha jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
Yangihayot tumanidagi temiryo‘l hududida 36 yoshli erkak poyezd bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi. U temiryo‘lda konduktor lavozimida ishlagan. gazeta.uz »
O‘zbekiston Shveysariyaning Stadler kompaniyasidan ikkita poyezd sotib olishni rejalashtirmoqda. Ular O‘zbekiston temir yo‘llarida sinovdan o‘tkaziladi, so‘ngra poyezdlarning katta partiyasini xarid qilish imkoniyati ko‘rib chiqiladi, deya ta’kidladi transport vaziri Ilhom Mahkamov. gazeta.uz »
Uchko‘prik tumanida poyezd vagonlari ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan uch o‘quvchidan ikki nafarini 27 ming voltli tok urdi. Ulardan birining tanasi 65 foiz kuygani, yana birining o‘ng oyoq suyagi singani aytilmoqda. gazeta.uz »
Toshkent shahrida poyezd 36 yoshli ayolni urib ketdi. U tibbiy yordamga qaramay, shifoxonada vafot etdi. gazeta.uz »
24-sentabrdan Toshkentdan Moskvaga temiryo‘l qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Qatnov 77 soatni tashkil qiladi, chiptalar reys sanasidan qancha ko‘p kun oldin xarid qilinsa, chegirma qo‘llanadi. gazeta.uz »
Mustaqillik bayrami va “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali munosabati bilan 25-avgust-3-sentabr kunlari Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” elektropoyezdi harakati yo‘lga qo‘yiladi. gazeta.uz »
Qumqo‘rg‘on tumanida yo‘lovchi poyezdi urib yuborgan Lacetti haydovchisi halok bo‘ldi. U svetoforning taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmay harakatini davom ettirgan. gazeta.uz »
22-avgustdan Qozog‘istonning Mangistau viloyatiga Nukus shahridan temiryo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Poyezd haftada uch marta harakatlanadi, qatnov salkam 21 soatni tashkil qiladi. gazeta.uz »
23-avgustdan boshlab Toshkent-Buxoro yo‘nalishida haftada uch kun qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. gazeta.uz »
Xiva-Andijon yo‘nalishidagi poyezdda harakatlangan san’atkorlar konditsioner tizimi ishlamaganini bildirdi. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” bunga anomal issiq keltirib chiqargan nosozlik sabab bo‘lganini aytmoqda, iqlimshunos esa yil boshidan beri anomal issiq bo‘lmaganini yozdi. Raqobat qo‘mitasi vaziyatni nazoratga oldi. gazeta.uz »
Zangiota tumanida temiryo‘lni velosipedda kesib o‘tmoqchi bo‘lgan 10 yoshli bolani poyezd urib yubordi. Oqibatda u voqea joyida vafot etdi. gazeta.uz »
Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida traktor boshqarish jarayonida poyezd yo‘liga chiqib ketgan 9-sinf o‘quvchisi vagonlar bilan to‘qnashuv oqibatida halok bo‘ldi. gazeta.uz »
O‘rta Chirchiq tumanida temiryo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan 31 yoshli erkakni poyezd urib yubordi. Oqibatda u voqea joyida halok bo‘ldi. Marhum farzandli bo‘lgani uchun ayolini tug‘ruqxonadan olib chiqishga tayyorgarlik ko‘rgani ketayotgan bo‘lgan. gazeta.uz »
Prezident Xonobod - Andijon - Izboskan - Asaka temiryo‘l aylanmasida poyezd qatnovini yo‘lga qo‘yish topshirig‘ini berdi. Shuningdek, Bo‘ston va Ulug‘nor tumanlarida elektr ta’minotidagi uzilishlar ko‘paygani sababli ikkita yangi podstansiya quriladi. gazeta.uz »