Buxoro jamoat transporti uchun Xitoydan 76 ta avtobus olib kelindi
Buxoro viloyatiga Xitoyda ishlab chiqarilgan yana 76 ta zamonaviy avtobus olib kelindi. Ular shahar avtobus yo‘nalishlarida brutto-shartnoma asosida harakatlanadi. Yil boshidan beri viloyatga jami 101 ta avtobus keltirilgan bo‘lib, yil oxiriga qadar yana 86 tasini olib kelish rejalashtirilgan. gazeta.uz »

