Toshkentda orqaga harakatlangan elektrobus piyodani urib yubordi, ayol vafot etdi
6-iyun kuni kunduzi Toshkentda 45-sonli yo‘nalishda qatnovchi elektrobus Qo‘yliq bozori yaqinidagi bekatda orqaga harakatlanayotib, ayolni urib yubordi. Jabrlanuvchi voqea joyida halok bo‘ldi. Holat yuzasidan tergov olib borilmoqda. gazeta.uz »









