Ðåçóëüòàòîâ: 287

“3 qavatga ruxsat olib, 12 qavat qurmoqda”. Qodirov noqonuniy qurilish uchun javobgarlikni kuchaytirishga chaqirdi

Deputat Alisher Qodirov O‘zbekiston qurilish sohasida jiddiy korrupsiya xavflari va yirik pul oqimlari mavjudligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, amaldagi qonunlar yetarlicha samarali emas, shu sababli quruvchi qoidalarni chetlab o‘tishga urinish katta zararga olib kelishini oldindan tushunishi kerak. gazeta.uz »

2026-8-12 07:54

“Havas qiladigan joy emas”. Vazirliklar xodimlari qamoqxonaga olib borildi. Fotoreportaj

2026-yil birinchi choragida korrupsion jinoyatlar hokimliklar, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida ko‘proq sodir etildi. Antikorrupsiya agentligi salbiy ko‘rsatkichga ega 23 ta tashkilot xodimlarini qamoqxonadagi sharoitlar bilan tanishtira boshladi. Hozircha ularning orasida hokimlar, vazirlar uchramaydi. gazeta.uz »

2026-8-6 13:23

Avtomobillarni bir yilgacha olib qo‘yish, chegirmalarni bekor qilish va 14 yoshdan jinoiy javobgarlik — YHQga qanday o‘zgartirishlar kiritish taklif etildi?

O‘zbekistonda ayrim YHQlarni buzganlik uchun avtomobillarni vaqtincha musodara qilish, tezlikni 80 km/soatdan ortiq oshirganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish hamda agar og‘ir oqibatlarga olib kelgan bo‘lsa, mashinani voyaga yetmagan shaxsga topshirganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2026-8-4 13:20

“Minani bosib olib, oyog‘imdan ayrildim”. Ukrainada jang qilgan 24 yoshli qoraqalpog‘istonlikning ozodligi 3,5 yilga cheklandi

Rossiyaga ishlashga borib, giyohvandlik jinoyati uchun qamalgan 24 yoshli o‘zbekistonlik jazodan erta ozod etilish evaziga Ukrainada Rossiya tomonida jang qilgan. Jangda oyog‘idan ayrilgach, O‘zbekistonga noqonuniy qaytgan. Sud unga 3 yil 6 oy ozodlikni cheklash jazosini tayinladi. gazeta.uz »

2026-7-10 10:58

Jarima maydonchasidan avtomobilni olib chiqish uchun QR kodli elektron ruxsatnoma joriy etiladi

1-avgustdan jarima maydonchasidan avtomobilni olib chiqish uchun QR kodli elektron ruxsatnoma joriy etiladi. “Jarima maydonchasi” tizimi Soliq qo‘mitasi bilan integratsiya qilinib, maydonchalarda kameralar o‘rnatiladi, talablarni buzgan operatorlar uchun neustoyka va shartnomani bekor qilish choralari belgilandi. gazeta.uz »

2026-7-8 10:14

Toshkent investorlar va iqtidorlar uchun global poygada qanday g‘olib chiqishi mumkin? TXIF ekspertlari fikrlari

Toshkent o‘zgarishlar sur’ati bo‘yicha dunyo shaharlari uchligiga kirdi. Bu dinamikani ekologiyadan qulay jamoat makonlarigacha sohalarda hayot sifatini sezilarli yaxshilashga aylantirish mumkinmi? Nega shaharni rejalashtirishning an’anaviy vositalari bugun ishlamaydi? TXIF ekspertlari fikrlari. gazeta.uz »

2026-6-17 19:33

Toshkentda noto‘g‘ri “parkovka” qilingan avtomobillarni jarima maydoniga olib ketish boshlanadi

Toshkentda piyodalar yo‘laklarida, bekatlarda, yashil hududlarda qoldirilgan avtomobillar jarima maydonlariga olib ketila boshlanadi. YHTEM tartibli shaharni yaratish ishlarining keyingi bosqichida noto‘g‘ri joyda qoldirilgan avtomobillarga nisbatan qat’iy chora ko‘rish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2026-5-15 12:57

AQSh Hurmuz bo‘g‘ozida qolib ketgan kemalarni “olib chiqishga” yordam berishini e’lon qildi

Tramp AQSh Hurmuz bo‘g‘ozida “Ozodlik” operatsiyasini boshlaganini e’lon qildi. Uning doirasida, Trampning so‘zlariga ko‘ra, bo‘g‘ozda qolib ketgan kemalarni xavfsiz olib chiqishga ko‘maklashiladi. U operatsiyani insonparvarlik ishorasi deb atab, har qanday aralashuvga kuch bilan javob qaytarilishidan ogohlantirdi. gazeta.uz »

2026-5-4 12:58