Toshkentda Qozog‘iston fuqarosi Tailanddan olib kelingan 11 kg giyohvand modda bilan ushlandi
Toshkentning Chilonzor tumanida DXX o‘tkazgan tezkor tadbirda 22 yoshli Qozog‘iston fuqarosi ushlandi. Uning sport sumkasidan shirinliklar nomi ostida Tailanddan olib kelingan va Qozog‘istonga yetkazilishi kerak bo‘lgan 11 kg gashish moyi topildi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »