Ðåçóëüòàòîâ: 19

DXX raisi prezidentga mintaqaviy xavfsizlik, narkotrafik va korrupsiya masalalari yuzasidan axborot berdi

DXX raisi Bahodir Qurbonov mamlakatdagi xavfsizlik holati bo‘yicha prezidentga hisobot berdi. Unda korrupsiya sabab mingdan ortiq davlat xodimi ishdan haydalgani, yoshlar orasida sintetik narkotiklar tarqalishi 2 karra oshgani va 2026-yil korrupsiyaga qarshi “favqulodda holat” yili bo‘lishi ma’lum qilindi. gazeta.uz »

2026-1-15 16:06

Netanyahu o‘zining korrupsiya ishi bo‘yicha Isroil prezidentiga afv so‘ralgan ariza topshirdi

Binyamin Netanyahu o‘ziga qo‘yilgan pora olish, korrupsiya, firibgarlik kabi ayblovlar yuzasidan Isroil prezidentiga afv so‘rab rasmiy ariza topshirdi. Netanyahu 2020-yildan beri olib borilayotgan sud jarayonining to‘xtatilishi Isroilning milliy manfaatlariga javob berishini aytdi. U aylovlarni rad etib keladi. gazeta.uz »

2025-11-30 16:26

Korrupsiya xalqning davlatga va qonunlarga ishonchiga putur yetkazadi — prezident

Korrupsiya - islohotlar yo‘lidagi asosiy to‘siq va g‘ov, deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida. “U xalqning davlatga, konstitutsiya va qonunlarga ishonchiga putur yetkazadi, barqaror rivojlanish va xavfsizlik uchun jiddiy tahdidga aylanadi”, - dedi u. gazeta.uz »

2025-3-5 08:50

O‘zbekiston aholisining aksariyati korrupsiya haqida xabar berishga tayyor, ammo qo‘rqadi — tadqiqot

BMTTD va boshqa tashkilotlar tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekiston aholisining aksariyati korrupsiya haqida xabar berishga tayyor, ammo o‘zlari uchun salbiy oqibatlardan qo‘rqadi. Ko‘pchilik pora olish va berishni qoralaydi, lekin jamiyatda sifatli xizmat uchun kichik sovg‘alar odatiy hol sifatida qabul qilinadi. gazeta.uz »

2024-12-12 21:01