Ðåçóëüòàòîâ: 75

Yandex Go’ning O‘zbekistondagi haydovchi, kuryer va hamkorlari 2024-yilda $530 mln ishlab topdi — agregator

O‘zbekistonda Yandex Go orqali ishlovchi haydovchilar, kuryerlar va hamkorlar 2024-yilda qariyb 530 mln dollar ishlab topdi, 2025-yilning birinchi yarmida esa 340 mln dollar - bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 50% ko‘p, dedi Gazeta’ga Yandex Uzbekistan bosh direktori Izzat Shukurov. gazeta.uz »

2025-7-3 21:21

2024-yilda qariyb 3 mln quti tamaki mahsulotlarining chegaradan olib o‘tilishi va aylanmasiga chek qo‘yildi

Bojxona organlari 2024-yilda qiymati 61,6 mlrd so‘mlik 2,9 mln quti tamaki mahsulotlarining chegaralar orqali noqonuniy ravishda olib o‘tilishi va ichki hududdagi yashirin aylanmasiga chek qo‘ydi. 2025-yilning o‘tgan davri mobaynida noqonuniy tamaki aylanmasi bilan bog‘liq 137 ta holat fosh etildi. gazeta.uz »

2025-3-6 12:27

2024-yilda haydovchilarning 20 millionga yaqin qoidabuzarligi uchun 1 trln so‘mdan ortiq jarima solindi — YHXX

2024-yilda haydovchilar 20 millionga yaqin qoidabuzarlik sodir etib, 1 trln so‘mdan ortiq jarima to‘ladi. Mas’ullar bu mablag‘lar davlat budjetiga yo‘naltirilishini ta’kidladi. YHXX 1 mln 250 mingta transport vositasida umuman qoidabuzarlik sodir etilmaganini ma’lum qildi gazeta.uz »

2025-2-26 15:31

2024-yilda O‘zbekistonda YTHlarning 22,8 foizi belgilangan tezlikka rioya qilmaslik oqibatida sodir bo‘ldi

Senatdagi qo‘mita majlisida O‘zbekistonda 2024-yilda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari sabablari to‘g‘risida ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, YTHlarning 47,1 foizi haydovchilarning piyodaga yo‘l bermasligi, 3,7 foizi rulda uxlab qolish, 22,8 foizi belgilangan tezlikka rioya qilmaslik oqibatida sodir bo‘lgan. gazeta.uz »

2025-2-26 13:26

2024-yilda transportni boshqarish huquqidan mahrum etilganlar rulga o‘tirgani tufayli 259 kishi halok bo‘ldi

Ichki ishlar vazirligi transportni boshqarish huquqidan sud hukmi bilan mahrum etilgan fuqarolarni profilaktik hisobga olishni taklif etmoqda. 2024-yilda bunday shaxslar avtomobil boshqargani oqibatida 1019 ta YTH sodir bo‘lgan va ularda 873 kishi tan jarohati olgan, 259 nafar fuqaro halok bo‘lgan. gazeta.uz »

2025-2-26 13:14

2024-yilda sudyalar faoliyatiga aralashish holatlari bo‘yicha 3 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2024-yilda sud ishlari va sudyalar faoliyatiga aralashuvlar bo‘yicha 3 holatda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 2 ta holat o‘rganilmoqda. “Sudyalarga nafaqat ijtimoiy tarmoqlar orqali tahdid qilinyapti, balki davlat organlari tomonidan ta’sir o‘tkazish holatlari ham uchramoqda”, - dedi Sudyalar oliy kengashi vakili. gazeta.uz »

2025-2-20 16:20

2024-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 30 foizga ko‘payib, 14,8 mlrd dollarni tashkil qildi

2024-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 2023-yilga nisbatan 3,4 mlrd dollar (30 foiz)ga ko‘payib, 14,8 mlrd dollarni tashkil qildi. Mablag‘larning 77 foizi Rossiyadan kelib tushdi. Buyuk Britaniyadan o‘tkazmalar 83 foizga, Janubiy Koreyadan 56 foizga, AQShdan 35 foizga hamda YeIdan 32 foizga oshdi. gazeta.uz »

2025-1-20 13:35