Ðåçóëüòàòîâ: 20

O‘zbekiston iqtisodiyoti hajmi 2038-yildayoq trillion dollarga yetishi mumkin — iqtisodchi Mirkomil Xolboyev

2021-yildan keyingi o‘sish sur’ati bilan O‘zbekiston 2040-yilgacha 1 trln dollarlik iqtisodiyotga aylanadi, deydi iqtisodchi Mirkomil Xolboyev. Uning aytishicha, o‘sish o‘rta va uzoq muddatda saqlanib qolsa, “dunyo O‘zbekiston iqtisodiy mo‘’jizasi haqida gapira boshlaydi”, faqat “katta xatolar qilinmasligi kerak”. gazeta.uz »

2026-4-21 13:05

“O‘zbekneftgaz” Saneg’ga berilgan konlarda qazib olish hajmi kamayganini ma’lum qildi

“O‘zbekneftgaz” Saneg kompaniyasiga berilgan 100 dan ortiq konlarda neft qazib olish kamayganini ma’lum qildi. Ushbu aktivlar bo‘yicha qarorni maxsus komissiya qabul qiladi, ular “O‘zbekneftgaz” rahbariyati 2022-yilda ta’kidlaganidek, o‘tkazilish paytida qariyb ikki barobarga past baholangan. gazeta.uz »

2026-4-21 12:49

Yevropa va AQShdan pul o‘tkazmalari hajmi oshib bormoqda, migratsiya geografiyasi esa kengaymoqda — Markaziy bank

Rivojlangan mamlakatlar va bir qator Osiyo davlatlarida ishlayotgan o‘zbekistonliklarning pul o‘tkazmalari hajmi qariyb 22 foizga ko‘payib, 3,49 mlrd dollarni tashkil etdi. Markaziy bank migratsiya geografiyasining kengayib borayotgani va rivojlangan mamlakatlarning roli ortib borayotganini ta’kidlamoqda. gazeta.uz »

2026-3-18 15:23

Gaz qazib olish hajmi oshmayotganiga yangi zaxiralar yetarli darajada ko‘paymayotgani sabab bo‘lyapti — “O‘zbekneftgaz”

“O‘zbekneftgaz” tahlillariga ko‘ra, O‘zbekistonda gaz qazib olish barqaror oshishiga yangi zaxiralarning yetarli darajada qo‘shilmayotgani to‘sqinlik qilmoqda. Aksar istiqbolli investitsiya bloklari xususiy investorlarga berilgan bo‘lsa-da, ular tomonidan geologiya-qidiruv ishlari sust olib borilmoqda. gazeta.uz »

2026-1-15 14:44

2026-yilda O‘zbekistonda xizmatlar bozori hajmi 100 mlrd dollardan oshiriladi — prezident

2026-yilda kreditlar, subsidiyalar, turizmni rivojlantirish va minglab yangi servis obyektlarini ishga tushirish hisobiga xizmatlar bozori hajmini $100 mlrd dan oshirish rejalashtirilmoqda. 2030-yilgacha xorijiy sayyohlar oqimini 20 mln kishiga, turistik xizmatlarni esa 20 mlrd dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2026-1-8 15:58

Bojxonalarda 6 oyda musodara qilingan valyuta hajmi 2024-yilning shu davriga nisbatan 3 barobarga, zargarlik buyumlari esa 2 barobarga ortgan

O‘zbekiston bojxonalarida yarim yilda 564 mlrd so‘mlik tovar va moddiy boyliklarning noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi. Bunda musodara qilingan valyuta hajmi 2024-yilning shu davriga nisbatan 3 barobarga, zargarlik buyumlari esa 2 barobarga ortgan. gazeta.uz »

2025-7-11 08:22

2025-yilda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida eksport hajmi 4 mlrd dollarga yetkazilishi rejalashtirilmoqda

Prezident farmoni bilan to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida qayta ishlash zanjirini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Hujjatda mahsulotlar eksportini 2025-yilda 4 milliard dollarga yetkazish asosiy maqsadli ko‘rsatkichlardan biri sifatida belgilangan. gazeta.uz »

2025-1-22 09:09

2025-yilda jalb qilinadigan tashqi qarzning cheklangan hajmi 5,5 mlrd dollar bo‘lishi kutilmoqda

2025-yilda davlat nomidan va uning kafolati ostida tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 5,5 mlrd dollar bo‘lishi kutilmoqda. Budjet to‘g‘risidagi qonun loyihasiga ko‘ra, mablag‘ning 3 mlrd dollari davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatiladi. gazeta.uz »

2024-10-29 13:34