Urganchda 10 yoshli bola YTH qurboni bo‘lgan piyodalar o‘tish joyiga svetofor o‘rnatildi
Yangi Urganch yaqinidagi piyodalar o‘tish joyida may oyida 10 yoshli Uchqun Aminboyev YTH qurboni bo‘lgan edi. Bolaning otasi Gazeta’ga murojaatida o‘sha nuqtada 2 yilda 3 kishi vafot etganini aytib, qurbonlar ko‘paymasligi uchun mas’ullarni svetofor o‘rnatishga chaqirgan. Svetofor 1-iyundan ishga tushdi. gazeta.uz »




























