Ðåçóëüòàòîâ: 11

O‘zbekiston fuqarolari 2023-yilda avvalgi yilga nisbatan 16,7 foiz ko‘proq Shengen vizalarini oldi

Yevrokomissiya ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekiston fuqarolari Shengen vizasini olish uchun 46,5 mingta ariza topshirdi (+17,7 foiz), shundan 38,33 ming nafar murojaatchi ijobiy javob oldi, bu 2022-yilgi ko‘rsatkichdan 16,7 foizga ko‘proq. Shuningdek, rad etilgan arizalar ulushi biroz oshgan. gazeta.uz »

2024-5-17 15:48

2023-yilda O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan budjeti defitsiti rekord daraja — 59 trln so‘mni tashkil etdi

2023-yilda O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan budjeti defitsiti rekord daraja - 59 trln so‘mni tashkil etib, avvalgi yillardagi ko‘rsatkichlardan ancha yuqori bo‘ldi. O‘tgan yil oxirida hukumat xarajatlar chegarasini ushlab turolmagani sababli parlament orqali limitni oshirgandi. gazeta.uz »

2024-3-30 14:01

2023-yilda farzandi ta’limida mas’uliyatsizlik qilgan 12 mingdan ziyod ota-ona jarimaga tortildi

O‘zbekistonda o‘quvchilarning 14 mingdan ziyodi maktabga muntazam bormayotgani aniqlandi, deya ma’lum qildi Maktab vazirligi boshqarma boshlig‘i. Ularning 9 mingdan ortig‘i ta’limga qaytarildi. 2023-yilda farzandining ta’lim-tarbiyasida mas’uliyatsizlik qilgan 12 mingdan ortiq ota-ona javobgarlikka tortildi. gazeta.uz »

2024-2-20 08:06