Ðåçóëüòàòîâ: 51

Rossiya O‘zbekistondan salkam 5000 kishini urushga yollagan — “Xochu jit”

“Xochu jit” loyihasi Rossiya armiyasida jang qilayotgan 4853 nafar o‘zbekistonlikning shaxsiy ma’lumotlarini aniqladi, bu - Markaziy Osiyodan jalb qilinish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich. Umumiy hisobda MOdan 12 666 kishi Ukrainadagi urushga olib ketilgan, bir yilda yollanishlar soni ikki barobardan ziyodga oshgan. gazeta.uz »

2026-4-22 07:35

O‘zbekiston aeroportlari yilning birinchi choragida salkam 4 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi

2026-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston aeroportlari 4 millionga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19 foizga ko‘pdir. Uzbekistan Airports hisobotiga ko‘ra, aviareyslar soni 30 mingdan oshgan, yuk tashish hajmida esa 14 foizlik o‘sish qayd etilgan. gazeta.uz »

2026-4-22 07:28

Karmana tumani hokimi o‘qituvchilarni yig‘ilishda salkam 1 soat turg‘izib qo‘ydi, vazirlik holatni o‘rganishni boshladi

Karmana tumani hokimi Shohrux Boltayev bir guruh o‘qituvchilarni tik oyoqda turg‘izib, ular ishlaydigan maktabda OTMga kirish ko‘rsatkichi pastligi uchun majlis o‘tkazgan. Vazirlik maktabda ta’lim sifati joyida ekanini ta’kidlab, holat o‘rganilayotganini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2026-3-14 13:54

Salkam 6 yilda maishiy gaz ballonidan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida 31 kishi vafot etdi — “Hududgazta’minot”

2020-yildan beri maishiy gaz ballonidan noto‘g‘ri foydalanish tufayli O‘zbekistonda 83 ta baxtsiz hodisa kuzatildi: bunda 31 kishi halok bo‘lgan, 129 kishi jarohatlangan. “Hududgazta’minot”ga ko‘ra, hozirda Norin tumanida gaz ballonlarini maxsus temir qutilar ichiga o‘rnatish bo‘yicha pilot loyiha boshlangan. gazeta.uz »

2025-11-18 04:37

“Bir oyda salkam 2,5 mingta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, aksariyati giyohvandlik bilan bog‘liq” — IIV vakili

15-iyuldan 15-avgustgacha o‘tkazilgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbirlari davomida 2410 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. IIV Tergov departamenti boshlig‘i Ramazon Ashrapovga ko‘ra, gumonlanuvchilarni ushlash holatlari o‘tgan oyga nisbatan 50,7 foizga, qamoqqa olish choralarining qo‘llanishi esa 48 foizga oshgan. gazeta.uz »

2025-8-25 07:38

Islom sivilizatsiyasi muzeyida salkam 52 metrli miniatyuralar panoramasi yaratiladi

Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyida “Sivilizatsiyalar va kashfiyotlar devori” - 52 metrli miniatyura panoramasi yaratilmoqda. 50 rassom ishlayotgan loyiha Ikkinchi renessansga bag‘ishlangan. Ko‘rgazmada Amir Temur, Ulug‘bek, Bobur, Shayboniylar va Ashtarxoniylar sulolalari hayotidan turli epizodlar aks ettiriladi. gazeta.uz »

2025-7-19 18:09

O‘zbekistonda uy-joy boshqaruv organlari yarim yilda salkam 26 mlrd so‘m majburiy badal mablag‘larini o‘zlashtirgan

2025-yilning 6 oyida ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv organlarining 83 tasi qariyb 26 mlrd so‘m miqdordagi majburiy badal mablag‘larini o‘zlashtirgani aniqlandi. Qurilish vazirligiga ko‘ra, 158 ta boshqaruv organlariga esa 587 mln so‘m ma’muriy jarimalar qo‘llanildi. gazeta.uz »

2025-7-9 10:34

¡çáåêèñòîíäà ñ¢íããè ó÷ îéäà ñàëêàì 14 ìèíã êèøè ñóäëàíäè

2023 éèëíèíã ¢òãàí ó÷ îéè ìîáàéíèäà 13 907 íàôàð êèøè ñóäëàíäè. Øóíäàí 3 707 íàôàð øàõñãà íèñáàòàí îçîäëèêíè ÷åêëàø æàçîñè òàéèíëàíäè. 2022 éèëäà ýñà 56 542 íàôàð øàõñ æèíîèé æàâîáãàðëèêêà òîðòèëãàí. gazeta.uz »

2023-4-18 09:44