O‘zbekistonda 6 oyda ko‘chmas mulk bitimlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 25 foizga oshdi
2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimlari soni 171 mingdan oshib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25,3 foizga ko‘paydi. Iyun oyida esa 25 mingdan ortiq bitim qayd etilib, may oyiga nisbatan 23 foiz, 2025-yil iyuniga nisbatan esa 20,4 foiz o‘sish kuzatildi. gazeta.uz »








