Ðåçóëüòàòîâ: 405

Davlat idoralariga sovg‘a va homiylik yordamlari ma’lumotlarini ochiqlash majburiy etib belgilanishi mumkin

O‘zbekistonda davlat organlari zimmasiga xodimlarining xizmat safarlarida olgan sovg‘alari haqidagi ma’lumotlarni har chorakda ochiqlab borish majburiyatini yuklash taklif etilmoqda. Qolaversa, homiylik xayriya yordami shaklida ajratilgan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham e’lon qilib borish reja qilingan gazeta.uz »

2026-6-4 10:24

UzSungwoo avtokomponentlar ishlab chiqaruvchisidagi 50% davlat ulushi 585,8 mlrd so‘mga sotildi

Roodell O‘zbekistonda Chevrolet avtomobillari uchun shtamp-payvandlangan detallar ishlab chiqaruvchi UzSungwoo korxonasidagi 50 foizlik davlat ulushini sotib oldi. Auksion 24 daqiqa davom etdi. Bitim summasi 585,82 mlrd so‘mni (49 mln dollar) tashkil etdi - bu boshlang‘ich narxdan 50% ga yuqori. gazeta.uz »

2026-6-2 09:47

“Tadbirkor davlat organining xatosi uchun javobgar emas”. Oliy sud ishonchni huquqiy himoya qilish tamoyili haqida

“Ishonchning huquqiy himoyasi” tamoyili joriy etilgach, O‘zbekistonda ma’muriy nizolar amaliyotida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Bu mexanizm vijdonan harakat qilgan fuqarolar va biznesni davlat idoralarining noqonuniy yoki xato qarorlari salbiy oqibatlaridan himoya qilishga qaratilgan. gazeta.uz »

2026-5-25 18:51

Bolalar ombudsmani elektr qurilmalari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davlat organiga hujjat kiritdi

O‘zbekistonda so‘nggi paytlarda elektr transformatorlardan bolalarni tok urishi bilan bog‘liq holatlar kuzatilayotgani ortidan Bolalar ombudsmani vakolatli davlat organiga ta’sir hujjati kiritdi. Unga ko‘ra, mutasaddilar yuqori kuchlanishdagi qurilmalarning doimiy xavfsiz bo‘lishi choralarini ko‘rishi shart. gazeta.uz »

2026-5-21 07:11

Qirg‘izistonda davlat xizmatchilariga elektrni tejash maqsadida ishga pidjaksiz kelish majburiyati yuklandi

Qirg‘izistonda davlat xizmatchilariga elektr energiyasini tejash uchun pidjakdan voz kechish va ishga ko‘ylakda kelish buyurildi. “Hozir kostyumda ishlayapmiz va konditsionerlarni yoqyapmiz. Agar shunchaki ko‘ylak kiyib yursak, konditsionerni yoqmasa ham bo‘ladi”, - deya tushuntirdi mamlakat bosh vaziri Adilbek Kasimaliyev. gazeta.uz »

2026-5-16 17:47

Prezident davlat xizmatlarini “servis davlat” modeli asosida isloh qilish takliflarini ko‘rib chiqdi

Prezident davlat xizmatlari sohasida byurokratiyani qisqartirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Unda davlat organlari funksiyalarini 30 foizga kamaytirish, 550 ta xizmatni elektron shaklga o‘tkazish, 80 turdagi xizmatni ko‘rsatish muddatini 13 kundan 6 kungacha qisqartirish rejalari ko‘rib chiqildi. gazeta.uz »

2026-5-12 15:16

O‘zbekistonda depozit stavkalari so‘nggi 4 yillik minimumgacha pasaydi, davlat banklari o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

O‘zbekistonda so‘mdagi depozitlar bo‘yicha foiz stavkalar 2022-yildan beri eng past darajaga tushdi, omonatlarning umumiy hajmi esa o‘sishda davom etmoqda. Ayni paytda davlat ishtirokidagi banklar o‘sish sur’atlari bo‘yicha xususiy banklarni ortda qoldirib, aholi omonatlari bozoridagi o‘z ulushini oshirmoqda. gazeta.uz »

2026-4-29 11:25

Qirg‘izistonda davlat organlariga G‘arb sanksiyalari oqibatlarini yumshatish topshirildi

Qirg‘iziston hukumati davlat organlariga mamlakatga qarshi joriy etilgan sanksiyalar oqibatlarini minimallashtirish choralarini ko‘rishni topshirdi. Shuningdek, Qirg‘iziston kompaniyalarini G‘arb davlatlarining sanksiya ro‘yxatlaridan chiqarish choralarini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berildi. gazeta.uz »

2026-4-27 16:11

Maqsadli davlat siyosati bo‘lmasa, sun’iy intellekt O‘zbekistonda daromadlar tengsizligini kuchaytirishi mumkin — MHTI

O‘zbekiston uchun SIning asosiy xavfi ish o‘rinlarining ommaviy qisqarishi emas, mehnat unumdorligidagi farqlar sabab daromadlar tengsizligining kuchayishidir. Shu bois davlat siyosati SIni shunchaki rivojlantirishga emas, uni barcha ijtimoiy qatlamlar uchun ochiq va inklyuziv tarzda joriy etishga qaratilishi kerak. gazeta.uz »

2026-4-22 12:26

O‘zbekiston tizimli ahamiyatga ega davlat banklarini saqlab qolish rejalarini qayta ko‘rib chiqishi zarur — XVJ

XVJ missiyasi O‘zbekistonga moliya tizimida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan DTBlarini davlat banklari sifatida saqlab qolish rejalarini qayta ko‘rib chiqishni tavsiya qildi. Mutaxassislarga ko‘ra, bu moliyaviy barqarorlik uchun risklarning ortishi va budjet xarajatlarining ko‘payishiga olib kelishi mumkin. gazeta.uz »

2026-4-18 11:04

XVJ O‘zbekistonni davlat korxonalarini xususiylashtirishni jadallashtirish va raqobatni kuchaytirishga chaqirdi

XVJ O‘zbekistonni raqobatdosh tarmoqlarda foyda bilan ishlayotgan davlat korxonalarini xususiylashtirish va “yashovchanligini yo‘qotganlarini” tugatishga chaqirdi. Investorlar ishonchi va davlat xarajatlari samaradorligini oshirish uchun amaldorlar mol-mulkini deklaratsiyalash to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish lozim. gazeta.uz »

2026-4-18 10:14

“O‘zbekistonning boshqa biror davlat bilan bunday ko‘rsatkichi yo‘q”. Bosh vazir — Rossiya bilan aviaqatnovlar haqida

2025-yilda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 13 mlrd dollardan oshgan, 2026-yilning dastlabki ikki oyida esa yana 30 foizga ko‘paygan, dedi Abdulla Aripov. Tomonlar sanoat, energetika va transport sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish orqali ko‘rsatkichni 30 mlrd dollarga yetkazmoqchi. gazeta.uz »

2026-4-14 09:55

Davlat qabul komissiyasining ayrim vakolatlari Oliy ta’lim vazirligiga o‘tkaziladi

Ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining ayrim vakolatlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga o‘tkaziladi. Qabul natijalarini tasdiqlash, hujjat topshirish va kontrakt to‘lovlarining so‘nggi kunini belgilash hamda o‘qishini ko‘chirish arizalarni ko‘rib shular jumlasidan. gazeta.uz »

2026-4-13 14:01

O‘zbekistonda 2027-yildan davlat granti asosida o‘qitish xarajatlarini hisoblash tartibi o‘zgaradi

O‘zbekistonda davlat granti asosida ta’lim olayotgan 1 nafar talabani o‘qitish xarajatlari miqdorini shakllantirish tartibi o‘zgaradi. Unda professor-o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha talabalar soni nisbati, ta’lim sohasi murakkabligi va oliy ta’lim tashkilotining maqomi inobatga olinadi. gazeta.uz »

2026-4-13 09:11

Davlat aktivlari agentligi yangi qonun maklerlarni qanday qilib “soya”dan chiqarishini tushuntirdi

“Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri “makler”larni “soya”dan chiqarishi kutilmoqda, dedi DABA rahbari o‘rinbosari. Ularga sertifikat va kasbiy uyushmalarga a’zoliksiz ko‘chmas mulk agenti sifatida legallashish taklif etiladi, bitimlar esa rieltorlik kompaniyalari orqali rasmiylashtiriladi. gazeta.uz »

2026-4-10 13:44

Senat davlat xizmatchilarining noqonuniy harakatlari oqibatida yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Senat davlat organlari va mansabdor shaxslarining noqonuniy qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. To‘lovlar maxsus kompensatsiya jamg‘armalari orqali amalga oshiriladi va keyinchalik bu mablag‘lar aybdor shaxslardan undirib olinadi. gazeta.uz »

2026-4-8 19:18

Fuqarolarning davlat organlariga murojaatlari bilan ishlash tizimi qanday o‘zgarmoqda?

Prezident davlat organlarining aholi bilan muloqoti samaradorligini oshirishga qaratilgan farmonni imzoladi. Xalq qabulxonasi davlat organlariga ko‘rsatmalar berish, ulardan ma’lumotlar so‘rash va talablar bajarilmasa materiallarni prokuraturaga yuborishi mumkin. Onlayn murojaatlar muddati nazorat qilinadi. gazeta.uz »

2026-4-7 12:02

1-maydan alimentdan qarzdorlarga ayrim turdagi kredit va davlat xizmatlari cheklanadi

Prezident farmoniga ko‘ra, 1-maydan alimentdan qarzdorlarga ayrim turdagi moliya-kredit va davlat xizmatlaridan foydalanish cheklanadi. Shuningdek, sud hujjatlari ijrosini ta’minlashda sun’iy intellekt texnologiyalarini keng qo‘llash va soliq qarzini undirishda yangicha yondashuv joriy etish ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2026-4-1 10:42

Futbol klublari to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Ularga 2026-yilda budjetdan 560 mlrd so‘m ajratiladi

O‘zbekistonda futbol klublarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat budjetidan moliyalashtirish modeli joriy etiladi. 2026-yilda jamoalar 560 slrd so‘m - har biri 35 mlrd so‘mdan oladi. Ular uchun ham daromad solig‘i bekor qilinadi, ijtimoiy soliq stavkasi esa 1 foizni tashkil etadi. gazeta.uz »

2026-3-26 14:03