Ðåçóëüòàòîâ: 405

“Nima uchun davlat o‘z fuqarolarini yo‘llarda himoya qila olmaydi?” “Kontekst” podkasti (video)

2023-yilda O‘zbekistondagi YTHlarda Shvetsiyadagiga nisbatan 10 (!) barobar ko‘p odam vafot etdi, avtomobillar soni esa deyarli teng. Nega tinch sharoitda har safar ko‘chaga chiqish qo‘rquv va stressga sabab bo‘lyapti? Nega mutasaddilar buni ko‘rmayapti? “Gazeta.uz”ning “Kontekst” podkastida shu savollar ko‘tarildi. gazeta.uz »

2024-12-25 10:15

Rossiya Davlat dumasi migrantlarning rus tilini bilmaydigan bolalarini maktabga olishni taqiqlashni qo‘llab-quvvatladi

Rossiya Davlat dumasi migrantlarning rus tilini bilmaydigan farzandlarini maktabga qabul qilishni taqiqlovchi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi. Hujjat uzil-kesil tasdiqlansa, chet elliklarning farzandlari o‘qishga qabul qilinishi uchun test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tishlari kerak bo‘ladi. gazeta.uz »

2024-12-10 16:42

Raqobat qo‘mitasi monopoliyaga qarshi organ roziligisiz davlat ishtirokidagi korxona tashkil etilgan 4 ta holatni aniqladi

Raqobat qo‘mitasi Andijon viloyatining Oltinko‘l tuman hokimligi, Toshkent viloyatining ayrim sanoat zonasini boshqarish direksiyasi va Kinematografiyani rivojlantirish markazini davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishda monopoliyadan oldindan rozilik olmaganini aniqladi. Ularga tegishli ko‘rsatma berildi. gazeta.uz »

2024-11-6 10:03

O‘zbekistonda 2025-yilda davlat dasturlari xarajatlari uchun 24,2 trln so‘m rejalashtirilmoqda. Unga nimalar kiradi?

2025-yilda O‘zbekistonda davlat dasturlarini moliyalashtirishni 24,2 trln so‘mga (+5,8%) oshirish rejalashtirilmoqda. Yangi xarajatlar orasida kam ta’minlangan oila farzandlari uchun to‘garaklar tashkillash, bog‘chalarda Face-ID tizimini joriy etish, futbolni ommalashtirish uchun ko‘chma TV-stansiya sotib olish bor. gazeta.uz »

2024-10-31 22:58

O‘zbekistonning 2025-yil uchun davlat budjeti loyihasi taqdim etildi. Asosiy ma’lumotlar

2025-yil uchun davlat budjeti loyihasi taqdim etildi. Kelasi yilda YAIM o‘sishi 6 foiz bo‘lishi, inflyatsiya 7 foizgacha pasayishi kutilmoqda. Konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi chegarasi YAIMga nisbatan 3 foiz (49,3 trln so‘m) bo‘lishi, tashqi qarz limiti esa 5,5 mlrd dollargacha oshirilishi taklif qilinmoqda. gazeta.uz »

2024-10-30 08:00

Davlat tili butun jamiyatni yagona xalq sifatida birlashtirishga xizmat qilishi zarur — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev O‘zbek tili bayram bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi. “Yuksak taraqqiy etgan demokratik davlatlarda bo‘lgani kabi davlat tili butun jamiyatni, tili va millatidan qat’i nazar, barcha fuqarolarni yagona xalq sifatida birlashtirishga xizmat qilishi zarur”, - dedi prezident. gazeta.uz »

2024-10-21 15:27

O‘zbekiston 18 davlat bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi

O‘zbekiston JSTga kirish doirasida 18 davlat bilan muzokaralarni yakunladi, ulardan 14 tasi bilan bozorga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunlash to‘g‘risidagi protokollar imzoladi. 12-sentabr kuni Braziliya va Shri-Lanka bilan protokol imzolangan bo‘lsa, 13-sentabr kuni Argentina bilan muzokaralar yakunlandi. gazeta.uz »

2024-9-13 13:04