Ðåçóëüòàòîâ: 400

Anadolu Isuzu Samarqand avtomobil zavodidagi davlat ulushini 80 mln dollarga sotib oldi

Samarqand avtomobil zavodining (SamAuto) davlat ulushi Turkiyaning Anadolu Isuzu kompaniyasiga 80 mln dollarga sotildi. Kelishuvga ko‘ra, investor avtobus va elektrobuslar ishlab chiqarish va servis markazlari tarmog‘ini yo‘lga qo‘yish, eksportni rivojlantirishga qo‘shimcha 80 mln dollar investitsiya kiritadi. gazeta.uz »

2025-9-30 09:33

Sirdaryoda yuk mashinasiga o‘z ismi yozilgan davlat belgisini taqib olgan haydovchiga chora ko‘rildi

Sirdaryoda davlat raqam belgisini o‘zgartirgan holda taqib harakatlangan yuk mashinasi haydovchisi jazolandi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda yuk mashinasiga odatdagi raqamlar va harflar kombinatsiyasi o‘rniga, 20 FARRUX belgisi taqilganini ko‘rish mumkin. Unga tegishli tartibda qonuniy chora ko‘rildi. gazeta.uz »

2025-9-18 13:22

“Bir qizaloqni asrolmagan jamiyat va davlat”. 7 yoshli qizini o‘ldirgan ayol voqeasi bo‘yicha o‘rganish va munosabatlar

Gazeta yillar oldin qizini ayiq qafasiga tashlagan, yaqinda esa uni pichoqlab o‘ldirgan ayol voqeasini o‘rganishga urindi, shuningdek, jamoatchilik fikrini jamladi. Ayol ro‘yxatda turgan ruhiy salomatlik markazi unga “sog‘lom” xulosasi berilmaganini aytdi. Hodisa ijtimoiy himoya tizimini so‘roq ostida qoldirdi. gazeta.uz »

2025-9-11 10:30

“Tashabbusli budjet” loyihalarini aholi va davlat sherikligi asosida moliyalashtirish yo‘lga qo‘yiladi

1-fevraldan “Tashabbusli budjet”da ayrim loyihalarni aholi va davlat o‘rtasida sheriklik asosida moliyalashtirish amaliyoti joriy etiladi. Bunda aholi tomonidan loyihalar qiymatining 50 foizi ixtiyoriy moliyalashtirilganda loyihalar g‘olib deb topiladi va qolgan 50 foizi respublika budjetidan moliyalashtiriladi. gazeta.uz »

2025-8-30 13:02

“Fuqarolar davlat himoyasida”. O‘zbekiston TIV Rossiyada haqoratga uchragan haydovchi voqeasidan so‘ng bayonot berdi

Rossiyada mahalliy fuqaro o‘zbekistonlik ekani aytilgan taksi haydovchisini haqorat qildi. “Sen ruslarning qulisan. O‘zbekistonda hech narsa yo‘q, shuning uchun bizga kelgansan”, - deydi u. O‘zbekiston TIV mamlakat fuqarolari davlat himoyasida ekanini eslatib, huquqi buzilganlardan murojaat qilishni so‘radi. gazeta.uz »

2025-8-28 08:48

Raqobat qo‘mitasi 4,3 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzarlik holatlarini aniqladi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan 4,3 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridlarida qonunbuzarlik holatlari aniqlanib, tegishli choralar ko‘rildi. Respublika miqyosida 9 ta buyurtmachi, xususan, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, Navoiy shahar Obodonlashtirish boshqarmasi, “O‘zbekko‘mir” AJ tenderlarida qonunbuzarliklar aniqlandi. gazeta.uz »

2025-8-25 10:23

O‘zbekistonda ijtimoiy obyektlarga davlat investitsiyalarini rejalashtirish geoportali ishga tushdi. U qanday ishlaydi?

O‘zbekistonda ilk bor maktablar, bolalar bog‘chalari, poliklinikalar raqamli xaritaga joylashtirildi. Ma’lumotlar Strategik islohotlar agentligi ishga tushirgan geoportalda mavjud. Gazeta yangi platforma ijtimoiy sohani rivojlantirishni rejalashtirishga qanday yordam berishi haqida so‘zlaydi. gazeta.uz »

2025-8-4 17:47

Davlat idoralari hududlaridan mavsumiy savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish uchun foydalanish mumkin bo‘ladi

Umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik subyektlari davlat organlari va tashkilotlariga doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkalaridan mavsumiy faoliyatni amalga oshirish uchun ijara huquqi asosida foydalanishi mumkin bo‘ladi. Bu Vazirlar Mahkamasi qarorida ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2025-8-4 10:52

Davlat boshqaruvi akademiyasida har yili 100 nafar yoshlar o‘qitiladi, ular vazir va hokimlarga biriktiriladi

Shavkat Mirziyoyev endi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Kelajak liderlari” dasturi bo‘yicha har yili 100 nafar salohiyatli yoshlar o‘qitilishini ma’lum qildi. Bu yoshlar vazir va hokimlarga biriktiriladi, ikki oy ularning yonida yurib, tajriba orttiradi. Bir oyga xorijiy stajirovkaga yuboriladi. gazeta.uz »

2025-6-30 13:17